Yöldagi yov. Özining eski çoponi – özganing yangi tönidan afzal – Qalampir.uz dayjesti
Tahlil
−
21:30 616 5 daqiqa
Kun davomida Özbekiston va jahon miqyosida sodir bölgan muhim hodisalar tafsiloti bilan Qalampir.uz dayjesti
Samarqandda 8-sinf öquvçisi YTH oqibatida halok böldi
Samarqand viloyatining Toyloq tumanida voyaga yetmagan bola boşqaruvidagi Lacetti avtomobili tut daraxtiga urilişi oqibatida 8-sinf öquvçisi halok böldi.
Ma’lum qilinişiça, yöl-transport hodisasi Toyloq tumani “Baxşitepa” mahallasi hududidan ötuvçi 30V-036-sonli avtomobil yölining 3-kilometrida sodir bölgan.
Voyaga yetmagan haydovçi rul boşqaruvini yöqotgan va yöl çetidagi tut daraxtiga borib urilgan.
Oqibatda avtomobil yölovçilaridan biri 15-sonli umumta’lim maktabining öquvçisi olgan tan jarohatlari sababli şifoxonada vafot etgan. Maşinada bölgan qolgan 4 nafar öquvçining ahvoli yaxşi bölgani uçun ularga şifoxonadan uyiga javob berilgan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan Toyloq tumani Içki işlar bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölmoqda
Toşkent şahrining Uçtepa tumani, Çilonzor-26 mavzesida qarovsiz hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Aholi bunga qasddan zaharlaş sabab bölgan bölişi mumkinligini bildirmoqda.
Uçtepa tumani hokimligi ma’lumotiga köra, vaziyat nazoratga olingan. Mas’ul xizmatlar bilan birgalikda hodisa tafsilotlari tegişli tartibda qayd etilgaç, hududni közdan keçiriş, nobud bölgan hayvonlar va quşlarni yiğiştirib oliş işlari taşkil etilmoqda.
Hayvonlar ölimi sabablarini aniqlaş uçun vakolatli xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar jalb etiladi. Agar qonunga xilof harakatlar sodir etilgani tasdiqlansa, aybdorlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hokimlik zaharli moddalar qöllangan bölişi ehtimoli odamlar va uy hayvonlari uçun ham xavf tuğdirişi mumkinligidan ogohlantirgan. Şu sababli fuqarolarga şubhali moddalarga qöl tekkizmaslik, bolalar va uy hayvonlarini ularga yaqinlaştirmaslik tavsiya etilgan.
Şuningdek, aholidan nobud bölgan hayvonlar topilgan aniq manzillar va hodisa tafsilotlarini aniqlaşga yordam beradigan ma’lumotlarni tuman hokimligiga yetkaziş söralgan.
Mahkumlarga oliy ta’lim oliş imkoniyati beriladi
Özbekistonda jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlar 2027/2028 öquv yilidan boşlab oliy ta’lim taşkilotlariga kirib, masofaviy şaklda tölov-kontrakt asosida öqişi mumkin böladi. Bu haqda Prezidentning “Jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan şaxslarni ozodlikka tayyorlaş va ijtimoiylaşuvini ta’minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida belgilandi.
Qarorga köra, 2027/2028 öquv yiliga qadar jazoni ijro etiş muassasalarida 310 ta öquv va 420 ta amaliy maşğulotlar xonasini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Şuningdek, 2030 yilga qadar mehnat bozori talablariga mos kamida 50 ta kasb böyiça öquv dasturlari joriy etiladi. Har yili kamida 15–20 ming nafar mahkumni talabi yuqori bölgan kasblarga öqitiş, ularni kasbga tayyorlaş orqali takroriy jinoyatçilik darajasini 30 foizga qisqartiriş maqsad qilingan.
“Yangi hayot” dasturi doirasida oliy ta’limga qabul qilingan mahkumlarning masofaviy şaklda öqişi uçun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan xonalar ajratiladi.
Bundan taşqari, yoş mahkumlar orasidan saylov yöli bilan yoşlar faollari tanlanadi. Ular har çorakda bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari miqdorida rağbatlantiriladi.
Barça koloniyalarda mahkumlar örtasida masofaviy şaklda “Yoş kitobxon” tanlovi taşkil etiladi.
20 yil avval ajraşgan juftlik yana turmuş qurdi
Turkiyaning Ördu viloyati, Une tumanida 5 nafar farzandi bölgan va taxminan 20 yil avval ajraşgan 93 yoşli Emina Sari hamda 92 yoşli Mehmet Sari yana nikohdan ötdi.
Juftlikning iltimosiga köra, Une meriyasi xodimlari nikohni qayd etiş uçun zarur tayyorgarlik işlarini olib borgan. Rasmiyatçiliklar yakunlangaç, Une meriyasining nikohni qayd etiş bölimi hovlisida nikoh marosimi taşkil etilgan.
Marosimda juftlikning nikohini tuman meri Husayn Tavli qayd etgan. Emina va Mehmet Sarining nikoh marosimida Une tumani rahbari hamda Çatak mahallasi oqsoqoli guvohlik bergan.
Nikoh marosimida sözga çiqqan Une meri juftlikni tabriklagan. U hayot ba’zan insonlarni turli yöllarga yetaklasa-da, sevgi, xotiralar va birga ötgan yillarning qadri heç qaçon yöqolmasligini, uşbu nikoh esa muhabbat, vafo va qayta boşlanayotgan umr yöllarining eng gözal namunalaridan biri bölişiga işonişini aytgan.
AQŞda samolyot qulaşi oqibatida 3 kişi halok böldi
AQŞning Arizona ştatida, “Katta Kanyon” milliy boğining şimoliy çekkasi yaqinida bir dvigatelli samolyot halokatga uçradi. Hodisa oqibatida bortdagi 3 kişining barçasi halok böldi.
Ma’lum qilinişiça, Piper Comanche rusumli, tört öringa möljallangan samolyot va uning parçalari Kanyonning şimoliy çekkasidagi Basin hududidan topilgan.
Samolyotni havodan qidirişda issiqlik tasvirlagiçlar va tungi köriş uskunalaridan foydalanilgan.
Qayd etilişiça, halokat sabablarini AQŞ Transport xavfsizligi milliy kengaşi Milliy boğlar xizmati kömagida örganmoqda. Halok bölganlarning şaxsi hozirça oşkor etilmagan.
Live
Barchasi