Toşkentda erkak 2 nafar voyaga yetmagan qizini zörlaganlikda gumonlanmoqda

3-sahifa

−

image

Toşkent şahrida 2 nafar voyaga yetmagan qizini zörlaganlikda gumonlanayotgan erkak qamoqqa olindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toşkent şahar boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida voyaga yetmagan ikki nafar qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgani haqidagi videomurojaat e’lon qilingan. Xususan, fuqaro J.N öz murojaatida turmuş örtoği M.A tomonidan voyaga yetmagan ikki nafar qizi 2014 yilda tuğilgan M.Ş va 2021 yilda tuğilgan M.E. ga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilganini bildirgan.

Uşbu holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan tegişli protsessual harakatlar olib borilmoqda. Zöravonlikda gumon qilinayotgan şaxsga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan oilaga psixologik va yuridik yordam körsatiş taklif etilgan. Biroq murojaatçi ayol bolalarning holati va oilaviy vaziyatdan kelib çiqib, mazkur xizmatlarni hozirça qabul qilişni ixtiyoriy ravişda rad etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing