“Yunayted” tarixida ilk bor ayol kişi murabbiylar ştabiga qöşiladi
Sport
−
19:02 252 1 daqiqa
“Mançester Yunayted”ning erkaklar jamoasi murabbiylar ştabiga ilk bor ayol mutaxassis qöşilişi kutilmoqda. Bu haqda “Manchester Evening News” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, AQŞ terma jamoasida jismoniy tayyorgarlik böyiça murabbiy sifatida işlayotgan ispaniyalik Silviya Tua “Mançester Yunayted”ga ötişi mumkin. U AQŞ terma jamoasiga 2024 yil oktyabr oyida qöşilgan.
Sport fanlari böyiça doktorlik darajasiga ega Tua avval Barselona universitetida dars bergan. AQŞ terma jamoasidagi faoliyati davomida u boş murabbiy Maurisio Poçettinoning öğli Sebastyano Poçettino bilan hamkorlik qilgan. Ular futbolçilarning jismoniy tayyorgarligi, holatini yaxşilaş va jarohatlarning oldini oliş uçun mas’ul bölgan.
Şuningdek, Poçettino bilan birga uning AQŞ terma jamoasidagi sobiq yordamçilari Xesus Peres va Migel D’Agostino, şuningdek, darvozabonlar murabbiyi Entoni Ximenes ham Mançesterga kelişi kutilmoqda.
Sebastyano Poçettino otasi bilan “Tottenxem”dagi faoliyati davridan buyon birga işlab keladi. Tua esa murabbiylar ştabiga keyinroq qöşilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Mançester Yunayted” Maykl Kerrikni boş murabbiylik lavozimidan ozod qilgan edi.
Live
Barchasi