Toşkentdagi kanallardan birida Nil timsohi topildi (video)
O‘zbekiston
−
14:00 732 2 daqiqa
Joriy yilning 15 noyabr kuni Toşkent şahridagi kanallaridan birida Nil timsohi topildi. Timsoh Toşkent hayvonot boğiga oğir ahvolda, kuçli sovqotgan holda olib borilgan. Bu haqda hayvonot boği ma’muriyati xabar berdi.
Qayd etilişiça, baliqçilardan biri şahar kanallaridan birida timsohni körib qolgan va bu haqda tegişli xizmatlarga xabar bergan. Şundan söng, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi hamda hayvonot boği mutaxassislari uni xavfsiz tarzda tutib, zooparkka olib borgan.
Ma’lum bölişiça, bu taxminan bir yoşgaça bölgan Nil timsohi. U hayvonot boğiga olib borilganida juda oğir, kuçli sovqotgan holatda bölgan. Şu sababli, karantin bölimiga joylaştirilib, maxsus suv havzasiga qöyilgan. Suv harorati bosqiçma-bosqiç kötarilgan va isitiş çiroqlari örnatilgan.
Mutaxassisning aytişiça, timsoh sovuq suvda uzoq vaqt qolib ketgan. Zarur şaroitlar yaratilganidan keyin uning ahvoli biroz yaxşilangan. Hozirda hayvonning holati örtaça qoniqarli deb baholanmoqda, töliq tiklanişi uçun esa yana vaqt kerak.
Şuningdek, mutaxassislar timsohning kanalga öz-özidan tuşib qolmagan bölişi mumkinligini aytgan. U kimningdir uyida saqlangan, keyin esa boqiş imkoni bölmagani sabab suvga taşlab yuborilgan bölişi taxmin qilinmoqda. Biroq bu hozirça taxmin.
Hodisa joyi ham mutaxassislar tomonidan közdan keçirilgan. Yaqin atrofda boşqa sudralib yuruvçilar aniqlanmagan. Hayvonot boği fuqarolarni tabiiy muhitiga xos bölmagan joyda ekzotik hayvonni uçratganda uni mustaqil tutiş yoki haydaşga urinmaslikka çaqirgan. Bunday holatlarda tegişli xizmatlarga xabar beriş lozim.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanidagi kompyuterxona yertölasida yovvoyi hayvon – maymun saqlanayotgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi