AQŞdagi texnik nosozliklar ortida boşqa davlatlar turibdimi? Rubio javob berdi

Olam

−

image

AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio mamlakatda sönggi kunlarda kuzatilgan yirik texnik nosozliklar ortida kiberhujumlar yoki boşqa davlatlarning aralaşuvi yöqligini ma’lum qildi. Uning aytişiça, yuz bergan hodisalar bir-biriga boğliq emas va har birining alohida sababi bor. Bu haqda u jurnalistlarga bergan intervyusida söz oçdi.

“Biz hozirgaça bilgan barça ma’lumotlar bu hodisalar özaro boğliq emasligini körsatmoqda. Ularning har birining öz sababi yoki izohi bor. Bunga kiberjinoyatçilar, duşmanona harakatlar yoki boşqa davlatning aloqasi yöq”, degan Rubio.

Davlat kotibi AQŞ muvofiqlaştirilgan hujumga uçramayotganini ham bildirgan. Bundan avval AQŞ Milliy razvedka direktori Jey Kleyton ham mamlakatdagi texnik nosozliklar kiberhujumlar yoki boşqa davlat harakatlari bilan boğliq emasligini bildirgan edi. Uning sözlariga köra, dasturiy ta’minotni keng kölamda yangilaş vaqtida ayrim zaifliklar aniqlangan. Ularni bartaraf etiş jarayoni ham kuzatilgan nosozliklarning bir qismiga sabab bölgan.

Kleyton AQŞda işlatilayotgan köplab kompyuter tizimlari eskirgani va zaif holatda ekanini aytib, mamlakat raqamli infratuzilmasini yangilaş zarurligini ta’kidlagan.

Eslatib ötamiz, AQŞda sönggi kunlarda bir neçta yirik texnik nosozliklar kuzatilgandi. Jumladan, joriy yilning 12 noyabr kuni Microsoft kompaniyasining xizmatlarida texnik xatolik sabab uzilişlar yuz bergan. “Downdetector” portali ma’lumotlariga köra, nosozliklar 74 ta mamlakat va hududga ta’sir qilgan.

Joriy yilning 13 noyabr kuni esa AQŞ böylab aeroportlar 4,5 soat davomida yopilgan. Transport vaziri Şon Daffining tuşuntirişiça, bunga rejali texnik xizmat körsatiş vaqtida eski elektr simlarini almaştirişga uriniş sabab bölgan.

Şuningdek, joriy yilning 16 noyabr kuni mamlakatdagi yirik banklar faoliyatida uzilişlar kuzatilgan. Keça, 17 noyabr kuni esa Apple xizmatlaridan foydalanuvçilar kompaniyaning içki tizimlarini muvaffaqiyatsiz yangilaş oqibatida muammolarga duç kelgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing