AQŞning yirik banklarida texnik nosozliklar kuzatildi

Olam

−

image

AQŞdagi bir qator yirik banklar mijozlari hisobvaraqlaridagi mablağlarni köriş va pul ötkazmalarini amalga oşirişda muammolarga duç keldi. Nosozliklar JPMorgan Chase, Bank of America, Wells Fargo, Capital One va Citibank xizmatlariga, şuningdek, Zelle pul ötkazmalari tizimiga ta’sir körsatdi. Bu haqda Downdetector xizmati ma’lumotlariga tayanib, “Meduza” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, eng köp şikoyat JPMorgan Chase mijozlaridan kelib tuşgan. Ularning soni 4,5 mingdan oşgan. Murojaatlarning qariyb yarmi tranzaksiyalar va hisobvaraqlardagi mablağ qoldiğini köriş bilan boğliq muammolarga taalluqli bölgan.

Keyinçalik JPMorgan Chase banki ayrim tranzaksiyalar texnik nosozlik sabab keçikiş bilan amalga oşirilayotganini tasdiqlagan. Bank muammo kiberhujum bilan boğliq emasligini bildirgan.

Wells Fargo ham nosozlik yuz berganini tasdiqlab, onlayn-banking xizmati vaqtinça işlamay qolganini ma’lum qilgan.

Nosozliklarning kelib çiqiş sababi hozirça oçiqlanmagan.

Eslatib ötamiz, ötgan hafta AQŞda yana ikkita yirik texnik nosozlik yuz bergan edi. Ulardan biri Microsoft xizmatlarining dunyoning önlab mamlakatlarida işlamay qolişiga sabab bölgan. Ikkinçisi esa AQŞda fuqaro aviatsiyasi qatnovini bir neça soatga izdan çiqarib, barça reyslarning tört soatga töxtatilişiga va minglab parvozlarning bekor qilinişiga olib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing