Saida Mirziyoyeva Serjio Gor bilan AQŞ aviataşuvçi kemasiga çiqdi
O‘zbekiston
−
400 2 daqiqa
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQŞ Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gor bilan birga Hindiston sohillari yaqinida dunyoning eng yirik aviataşuvçi kemalaridan biri – “USS George Washington”ga çiqdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Bu ulkan kema tuzilişi, noyob texnologiyalari bilan tanişiş va ekipaj a’zolarining faoliyatini kuzatiş özgaça taassurot qoldirdi”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Ma’lumot uçun, “USS George Washington” (CVN-73) — AQŞ Harbiy-dengiz kuçlarining “Nimits” toifasidagi oltinçi yadroviy aviataşuvçi kemasi bölib, AQŞning birinçi Prezidenti Jorj Vaşington şarafiga nomlangan. 1992 yil 4 iyulda foydalanişga topşirilgan uşbu ulkan harbiy kema Newport News kemasozlik zavodida qurilgan.
Uzunligi 333 metr, suv siğimi esa 100 ming tonnadan ortiq bölgan kema ikkita yadro reaktori yordamida harakatlanadi va yonilği quymasdan 20–25 yil davomida suza oladi. Uning bortiga 90 tagaça jangovar samolyot va vertolyotlar (jumladan, F/A-18 Super Hornet qiruvçilari hamda E-2 Hawkeye razvedka samolyotlari) joylaşadi, umumiy ekipaj va aviatsiya xodimlari soni esa 5 500 nafardan oşadi. USS George Washington öz faoliyati davomida Yaqin Şarq, Örta yer dengizi va Hind-Tinç okeani mintaqalaridagi köplab strategik amaliyotlarda iştirok etgan, şuningdek, Yaponiyaning Yokosuka bazasida joylaşgan ilk yadroviy aviataşuvçi sifatida tarixga kirgan.
Live
Barchasi