“Uruşning oldini oliş mumkin edi”. Mers Ukraina borasidagi qaror xato bölganini aytdi

Olam

−

visibility817 timer3 daqiqa

image

Ukrainani 2008 yilda, AQŞ taşabbusi bilan uşbu masala alyansning Buxarestdagi sammitida muhokama qilingan paytdayoq NATOga qabul qiliş kerak edi. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda alyans boş kotibi Mark Ryutte bilan ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida söz oçdi.

Uning sözlariga köra, endilikda Ukrainaning harbiy blokka qöşilişini rad etiş qançalik “xato” bölgani ayon böldi. 

“Agar u NATO a’zosiga aylanganida, ehtimol, bu uruşning oldini oliş mumkin edi”, deydi Mers.

Germaniya kansleri, şuningdek, Ukrainaning alyansga a’zo bölişi masalasini yana kötarişga çaqirgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifini “mantiqan asosli” deb atagan. Uning sözlariga köra, bunday yondaşuv Kiyev muhtoj bölgan va “uşbu uruş tugaganidan söng unga taqdim etiş niyatida bölgan” xavfsizlik kafolatlariga mos keladi. Mers gap NATO nizomining alyans a’zolaridan biriga qarşi tajovuzga jamoaviy javob qaytarişni nazarda tutuvçi 5-moddasiga öxşaş kafolatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritgan. U bunday yondaşuv blokka tölaqonli a’zolikka “maksimal darajada yaqinlaştirilganini” qöşimça qilgan.
 
Ma’lumot uçun, 2008 yil aprel oyida öşa paytdagi AQŞ Prezidenti kiçik Jorj Buş alyansning Buxarest sammitida Ukraina va Gruziya NATOga qöşiliş huquqiga ega bölişini qat’iy talab qilişini bildirgan edi. Buş bu “butun dunyoda xavfsizlik va erkinlik darajasini oşirişga yordam berişini” ta’kidlagandi. Sammit yakunlariga köra, NATO davlatlari Ukraina va Gruziya alyansga a’zo böliş huquqiga ega ekani töğrisida qaror qabul qilgan, biroq uşbu masalani hal etişni noma’lum muddatga keçiktirgan.

Xususan, öşanda Ukrainaning NATOga kirişiga Germaniya kansleri Angela Merkel qarşi çiqqan. U Kiyev va Tbilisining alyansga qöşilişi uçun hali vaqt yetib kelmaganini qayd etgan. Ukrainada keng kölamli uruş boşlanganidan söng Merkel 2008 yildagi qarorini töğri deb hisoblaşini ta’kidlagan. Merkelning sözlariga köra, Vladimir Putin Ukrainaning alyansga kirişiga yöl qöymagan bölardi, çunki bu uning uçun “uruş e’lon qiliş” bilan barobar bölardi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQŞ va Yevropa mamlakatlarining Ukrainaga Şimoliy Atlantika şartnomasining 5-moddasi namunasida xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişiga şaxsiy tartibda rozilik bergani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing