Eron AQŞdan 290 mlrd dollar tovon puli undirmoqçi
Olam
−
511 2 daqiqa
Eron AQŞdan umumiy qiymati 290 milliard dollar miqdorida tovon puli undiriş niyatida. Bu haqda Eron Islom Respublikasi sud hokimiyati organlarining advokatlar, rasmiy ekspertlar va maslahatçilar markazi rahbari Hasan Abdolianpur ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, sud qarorlarini ijro etiş doirasida “AQŞga tegişli bir neçta kema uşlab qolingan” va tayinlangan tovon pulining bir qismi ular hisobidan qoplanadi.
“Tehron çiqarilgan barça hukmlarning sözsiz ijro etilişiga erişiş niyatida”, deydi u.
Qayd etilişiça, avvalroq Eron sudlari AQŞga qarşi taxminan 40 milliard dollar miqdorida, xususan, bullyoz epidermoliz bilan oğrigan bemorlar işi böyiça qarorlar çiqargan bölib, bu bir neçta tanker va quruq yuk taşuvçi kemalarning musodara qilinişiga olib kelgan.
Bundan taşqari, Eron Iordaniya va boşqa arab davlatlariga qarşi da’vo arizalari kiritib, ularning hududlaridan AQŞ tomonidan Eronga zarba beriş uçun foydalanilgani sababli tovon puli talab qilmoqda.
Eron rasmiylari tovon pulini qoplaş uçun aktivlarning boşqa variantlarini ham körib çiqmoqda. Masalan, Hormuz böğozi va Fors körfazida Amerika va Isroil savdo kemalarini qölga oliş hamda keyinçalik sotiş şular jumlasidan.
Içki sudlar bilan bir qatorda Eron milliardlab dollarlik eski da’volar böyiça xalqaro arbitrajlarda ham köp yillik sud jarayonlarini davom ettirmoqda.
Live
Barçasi