Hijobsiz qöşiq kuylagan maşhur xonanda 74 marta qamçilandi (video)

Olam

−

visibility5170 timer2 daqiqa

image

Eronda xonanda Parastu Ahmadi va uning ijodiy jamoasining tört nafar a’zosiga 74 darradan urildi. Şuningdek, ularga ikki yil davomida ijodiy faoliyat bilan şuğullaniş va mamlakatdan çiqiş taqiqlandi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, ular internetda jamoat odob-axloqiga zid va axloqsiz kontent tayyorlaş hamda tarqatişda ayblangan.

Iş 2024 yilning dekabr oyida Parastu Ahmadi YouTube platformasida hijobsiz, erkak musiqaçilar hamrohligida qöşiq kuylagan videosi e’lon qilinganidan keyin boşlangan. Uşbu çiqiş Eron poytaxti Tehron yaqinidagi Qum şahrida bölib ötgan.

Qayd etilişiça, Ğarb davlatlari va inson huquqlari taşkilotlari qamçilaş jazosini qiynoq hamda xalqaro huquq buzilişi sifatida keskin tanqid qilib keladi. Eron esa mamlakatdagi inson huquqlari bilan boğliq ayblovlarni rad etib, Ğarb davlatlarini avvalo öz muammolariga e’tibor qaratişga çaqiradi.

Ma’lumot uçun, Eronda ayollar uçun hijob kiyiş majburiyati 2022 yilda Mahsa Amini ismli kurd millatiga mansub ayolning hibsda vafot etişidan keyin boşlangan norozilik namoyişlarining asosiy sabablaridan biriga aylangan edi. U kiyiniş qoidalarini buzganlikda gumonlanib qölga olingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron apellyatsiya sudi xonanda Parastu Ahmadi va uning guruhiga nisbatan çiqarilgan 74 darra uriş haqidagi hukmni özgarişsiz qoldirgan edi. Şu tariqa, xonanda va yana yetti nafar guruh a’zosiga nisbatan çiqarilgan hukm yakuniy kuçga kirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing