“Yevropadagi bazalarni nişonga olamiz”. Eron Trampning tahdidiga javob qaytardi
Olam
−
1375 2 daqiqa
Eron rasmiylari tajovuz sodir etilgan taqdirda Yevropaning bir qator davlatlaridagi Amerika bazalari nişonga aylanişi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda mamlakat parlamentining milliy xavfsizlik va taşqi siyosat komissiyasi raisi örinbosari Abbos Muqtadoiy SNN agentligiga bergan intervyusida gapirdi.
“Biz uçun AQŞning Buyuk Britaniya, Germaniya va Bolgariyadagi bazasi Bahrayndagi Amerika bazasidan heç qanday farq qilmaydi. Hatto biror mamlakat hududidan Eronga qarşi harakatlar uçun foydalanilsa ham, u Eronning javob çoralari doirasida nişonga aylanişi mumkin”, deydi u.
Muqtadoiyning qöşimça qilişiça, dastlab Yevropa davlatlari AQŞ yönalişiga qöşiliş niyatida emasliklarini bildirgan, biroq keyinçalik Vaşington Yevropaning bir qator davlatlari bilan ularning hududlari va harbiy bazalaridan foydalaniş böyiça muzokaralarni boşlagan.
Eron Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bağoiy esa Tehron AQŞning dengiz blokadasiga qarşi turiş uçun turli vositalarni, jumladan, “mudofaa” vositalarini işga solişga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
“Eron özini himoya qiliş va bu turdagi xurujlarga qarşi turiş uçun har qanday vositadan foydalanişga haqli. Hokimiyatning oliy böğinlari qarşilik körsatiş vositalari va mexanizmlari yuzasidan allaqaçon qaror qabul qilgan bölib, ular siyosiy, diplomatik va mudofaa çoralarining butun bir qatlamini öz içiga oladi va ularning aksariyati amalga oşirilmoqda”, deydi u brifing çoğida Eron tomonidan dengiz blokadasi yorib ötilişi ehtimoli haqidagi savolga javoban.
Şu bilan birga, Eron davlat teleradiokompaniyasi “AQŞ dengiz blokadasini yorib ötiş uçun Eron tankerlari karvoni harakatni boşlamaganini” xabar qilgan.
Ma’lumot uçun, AQŞ va Isroil joriy yil 28 fevral kuni Erondagi ob’ektlarga zarba berişni boşlagan, bunga Eron tomoni öz zarbalari bilan javob qaytargan edi. Mojaroda nisbiy sokinlik kuzatilayotganiga qaramay, hali sulh tuzilmadi va jangovar harakatlar qayta boşlanişi xavfi mavjud.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp 2027 yil kirib kelganidan söng Eronga zarbalar yöllaş töğrisida buyruq berişga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.
Live
Barçasi