Konsert vaqtida noma’lum şaxslar 9 kişini otib taşladi
Olam
−
382 2 daqiqa
AQŞning Kaliforniya ştati markaziy qismidagi konsertlardan birida yuz bergan otişma oqibatida töqqiz kişi öqotar quroldan yaralandi. Bu haqda “Associated Press“ xabar berdi.
Hodisa joriy yilning 21 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:30 atrofida Kaliforniya ştatining Tulare okrugidagi Stratmor şaharçasida sodir bölgan. Mahalliy şerif boşqarmasi ma’lumotiga köra, konsert davom etayotgan vaqtda noma’lum sondagi şaxslar yiğilganlarga qarata öq uzgan.
Otişma oqibatida jami töqqiz kişi jarohat olgan. Ularning orasida 26 yoşli erkak ham bor. U kökrak qismidan öq yeb, şoşilinç ravişda şifoxonaga yetkazilgan va jarrohlik amaliyotini boşdan keçirgan. Şifokorlar uning ahvolini oğir deb baholamoqda.
Şuningdek, 19 va 22 yoşli yana ikki nafar jabrlanuvçi ham operatsiya qilingan. Qolgan olti kişi turli darajadagi yengil tan jarohatlari olgan.
Mahalliy huquq-tartibot idoralari otişma jinoiy guruhlar faoliyati bilan boğliq bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Biroq şerif boşqarmasi uşbu taxmin yuzasidan hozirça qöşimça tafsilotlarni oşkor qilmagan. Otişmada iştirok etgan gumonlanuvçilarning aniq soni ham ma’lum emas.
Konsertda qöşni ştatlardan kelgan ijroçilar ham qatnaşgan. Taxminan 3 ming aholi istiqomat qiladigan Stratmor şaharçasida yuz bergan hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirça gumonlanuvçilardan heç biri qölga olinmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Afrikada bir kun içida sodir bölgan ikkita ommaviy otişma oqibatida kamida 17 kişi halok bölgan edi.
Live
Barçasi