Novosibirskda oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarildi
O‘zbekiston
−
897 1 daqiqa
Rossiyaning Novosibirsk şahrida oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsulxonasiga oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik, 1973 yilda tuğilgan M.U. Özbekistonga qaytişda amaliy yordam sörab murojaat qilgan.
Boş konsulxona xodimlari tomonidan murojaat zudlik bilan körib çiqilib, unga zarur amaliy yordam körsatilgan. Xususan, Migratsiya agentligining vakolatxonasi bilan hamkorlikda uning Özbekistonga qaytişini ta’minlaş böyiça tezkor çora-tadbirlar amalga oşirilgan.
Körilgan sa’y-harakatlar natijasida Özbekiston fuqarosi Novosibirsk–Toşkent yönalişi böyiça qatnovçi avtobus orqali vatanga qaytarilgan.
“Uşbu holat xorijda oğir vaziyatga tuşib qolgan fuqarolarimizni qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş hamda vatanimizga qaytişiga kömaklaşiş borasida diplomatik vakolatxonalar tomonidan amalga oşirilayotgan işlardan biridir”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyada mehnat faoliyati davomida boş miyasiga qon quyilişi oqibatida tanasining çap qismi falajlangan özbekistonlik ayol mamlakatga qaytarilgan edi.
Live
Barçasi