Turkiyada soğliği yomonlaşib, falaj bölib qolgan özbekistonlik ayol ortga qaytarildi (video)

O‘zbekiston

−

visibility2289 timer2 daqiqa

image

Turkiyada mehnat faoliyati davomida boş miyasiga qon quyilişi oqibatida tanasining çap qismi falajlangan özbekistonlik ayol mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Özbekiston Respublikasining Istanbul Boş konsulxonasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi va faol vatandoşlar hamkorligida oğir ahvolda bölgan, 1981 yilda tuğilgan M.K.ning Özbekistonga qaytişi taşkil etilgan.

Mehnat faoliyatini amalga oşiriş maqsadida Turkiyaga kelgan özbekistonlik uzoq vaqt davomida bola parvarişi bilan şuğullanib kelgan. Biroq, kutilmaganda boş miyasiga qon quyilişi oqibatida tanasining çap qismi falajlanib, Istanbuldagi şifoxonalardan birida davolanişga majbur bölgan.

Bemorning yonida bölib, uni parvarişlaş va davolaniş jarayonida kömaklaşib kelgan ukasi hamrohligida uni Özbekistonga qaytariş çoralari körilgan.

Şuningdek, uşbu jarayonni tibbiy jihatdan xavfsiz taşkil etiş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligi kömagida Respublika tez tibbiy yordam markazining ikki nafar mutaxassisi Istanbulga yetib kelgan. Tibbiyot xodimlari bemorni Özbekistonga qaytariş jarayonida, jumladan, aviaparvoz davomida uning ahvolini muntazam nazorat qilib, zarur tibbiy yordam körsatib borgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Vladivostok va Xabarovsk şaharlarida qiyin vaziyatga tuşib qolgan özbekistonliklar ortga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing