“Beşiktoş” delegatsiyasi samolyotini çaqmoq urdi

Sport

−

visibility804 timer2 daqiqa

image

Turkiyaning “Beşiktoş” klubi delegatsiyasini olib ketayotgan samolyot Yevropa ligasining 5-turida Isroilning “Xapoel Beer-Şeva” jamoasiga qarşi öyin uçun Gruziyaga yöl olganida samalyotni çaqmoq urdi. Bu haqda DHA naşri xabar berdi.

Manbaga köra, samolyot keça, 25 noyabr kuni tuşdan keyin Istanbuldagi Sabixa Gökçen aeroportidan parvoz qilgan. Havoda kuçli turbulentlikka duç kelgan samolyotni, klub vakillarining aytişiça, bir neça bor çaqmoq urgan.

Kuçli yomğir va döl tufayli samolyot Batumi aeroportiga qöna olmagan. Gruziya havo hududida bir neça bor aylangandan söng, ekipaj Turkiyaning Rize-Artvin aeroportiga yönalişni özgartirişga qaror qilgan.

“Beşiktoş” vakillari parvoz juda oğir ötganini ta’kidlaşgan. “Goal” naşrining xabar berişiça, klub rasmiylaridan biri uşbu voqeani hayotidagi eng stressga boy parvoz deb atagan.

Majburiy qönişdan söng jamoa avtobusda Batumiga yöl olgan. Yönaliş özgarişi sababli boş murabbiy Vinçenso Italyanoning öyin oldi matbuot anjumanini bekor qilişga töğri kelgan.

Qayd etiş joiz, “Beşiktoş”ning “Xapoel Beer-Şeva”ga qarşi uçraşuvi bugun, 26 noyabr kuni Gruziyada bölib ötadi. Uçraşuv dastlab Istanbulda ötkazilişi rejalaştirilgan edi. Biroq UEFA Turkiya va Isroil örtasidagi siyosiy keskinlik hamda xavfsizlik bilan boğliq xavotirlar sabab bahsni neytral maydonga köçirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing