Turkiyada ikki hafta içida ikkinçi harbiy vertolyot quladi. Beş kişi halok böldi (video)
3-sahifa
−
411 2 daqiqa
Turkiyaning ğarbiy qismidagi Eskişehir şahrida Harbiy havo kuçlariga tegişli AS-532 Cougar rusumli vertolyot qulaşi oqibatida beş nafar ekipaj a’zosi halok böldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 24 noyabr kuni vertolyot öquv parvozini amalga oşiriş uçun Eskişehir şahridan havoga kötarilganidan söng yuz bergan. Mazkur şaharda Turkiya Harbiy havo kuçlarining 1-asosiy qiruvçi aviabazasi joylaşgan.
Turkiya Mudofaa vazirligi dastlab vertolyot qoldiqlari topilgani va qidiruv-qutqaruv işlari davom etayotganini ma’lum qilgan. Keyinçalik esa hodisa oqibatida vertolyotda bölgan beş nafar harbiy xizmatçining barçasi halok bölganini tasdiqlagan.
Videolarda qulagan vertolyot qoldiqlari va hodisa joyida iş olib borayotgan favqulodda xizmatlar aks etgan. Vertolyot Eskişehir şahri markazidan taxminan 15 kilometr ğarbda joylaşgan Yorukçakçayir qişloği yaqiniga qulagan. Uning fyuzelyaji jiddiy şikastlangan.
Ma’lumot uçun, AS-532 Cougar – dunyoning turli mamlakatlari harbiy kuçlari tomonidan keng qöllanadigan, ikki dvigatelli köp maqsadli vertolyot hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Malatya viloyatida S-70 rusumli harbiy vertolyot halokatga uçraşi oqibatida bortdagi 4 nafar harbiy xizmatçi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarçasiXitoy kosmik kema uçirdi
11:23