Özbekistonda odamlarni katta pulga “uxlatib”, Turkiyaga qoçgan şaxs qölga tuşdi

3-sahifa

−

13:13 visibility708 timer1 daqiqa

image

Fuqarolarning işonçiga kirib, aldov yöli bilan ularning köp miqdordagi mol-mulkini qölga kiritganlikda gumonlanayotgan özbekistonlik Turkiyada uşlandi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Özbekiston va Turkiya Içki işlar vazirliklari hamkorlikda ötkazgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida xalqaro qidiruvda bölgan N.R. Turkiyada uşlangan va Özbekistonga deportatsiya qilingan.

Tergov ma’lumotlariga köra, N.R. fuqarolarning işonçiga kirib, aldov yöli bilan ularning köp miqdordagi mol-mulkini qölga kiritganlikda gumon qilinmoqda. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xorazm viloyatidagi davlat taşkilotida mas’ul lavozimda işlagan ayol davlat mablağlarini talon-toroj qiliş va hujjatlarni qalbakilaştirişda gumonlanib, Turkiyada qölga olingandi va Özbekistonga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing