Özbekistonning suveren kredit reytingi “BB+”ga kötarildi

O‘zbekiston

−

image

“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingini “BB”dan “BB+” darajasiga kötardi. Prognoz “barqaror” darajada saqlandi. Bu mamlakat tarixida mazkur agentlik tomonidan berilgan eng yuqori reyting bölib, investitsiyaviy darajaga çiqiş uçun yana bir poğona qoldi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinişiça, reyting Özbekistonning xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli qarz majburiyatlari böyiça kötarilgan. S&P Global Ratings bunday qarorni mamlakatda iqtisodiy siyosatning mustahkamlanayotgani, energetika sohasi va davlat korxonalarida islohotlar davom etayotgani, şuningdek, taşqi moliyaviy barqarorlikning yaxşilanişi bilan izohlagan.

Agentlik bahosiga köra, 2025 yilda Özbekistonning nominal yalpi içki mahsuloti (YAIM) 15 foizga qayta körib çiqilib, 169 milliard dollarga yetkazilgan. Bu özgariş natijasida 2029 yilgaça davlatning sof qarzi YAIMga nisbatan örtaça 24 foizni taşkil etişi kutilmoqda. Avvalgi prognozda bu körsatkiç 30 foiz darajasida baholangan edi.

Şuningdek, davlatning byudjet xarajatlarini nazorat qiliş va moliyaviy majburiyatlarni çeklaşga qaratilgan çoralari ham reyting oşişiga ta’sir körsatgan. Xususan, energetika sohasidagi davlat subsidiyalari 2023 yildagi 1,5 milliard dollardan 2025 yilda 600 million dollargaça qisqargan. S&P kelgusi uç yilda byudjet taqçilligi YAIMga nisbatan taxminan 3 foiz atrofida saqlanişini prognoz qilmoqda.

Hukumat davlat korxonalarining taşqi qarz olişini tartibga solişga qaratilgan qonunçilikni takomillaştirmoqda. Şu bilan birga, 2026 yilda davlat-xususiy şeriklik loyihalari böyiça yillik majburiyatlarni 6,5 milliard dollar bilan çeklaş rejalaştirilgan. Bu çoralar davlat byudjeti zimmasiga tuşişi mumkin bölgan qöşimça moliyaviy yuklarni kamaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Taşqi moliyaviy barqarorlik ham reytingni oşirişda muhim omillardan biri bölgan. Agentlik ma’lumotlariga köra, Özbekistonning xalqaro zaxiralari 2023 yildan buyon ikki barobardan köproq ösib, 2026 yil oktyabr oyi oxirida qariyb 64 milliard dollarga yetgan. Bunda oltin narxining yuqoriligi va xorijdan pul ötkazmalari oqimining barqarorligi muhim rol öynagan.

Ma’lumotlarga köra, oltin mamlakat tovar eksportining 40 foizigaça bölgan qismini, foydalaniş mumkin bölgan xalqaro zaxiralarning esa qariyb 90 foizini taşkil etadi. Şu bilan birga, oltindan taşqari mahsulotlar eksporti, turizmdan tuşumlar va xorijdagi özbekistonliklardan kelayotgan pul ötkazmalari ham taşqi moliyaviy muvozanatni saqlaşga yordam bermoqda.

Iqtisodiy ösiş sur’atlari ham yuqori darajada saqlanmoqda. 2026 yilning birinçi töqqiz oyida Özbekistonning real YAIMi 8,3 foizga ösgan. S&P yil yakunida bu körsatkiç 8 foizga yetişini, 2029 yilgaça esa iqtisodiy ösiş örtaça 6,7 foiz darajasida bölişini prognoz qilmoqda.

Şu bilan birga, agentlik Özbekiston reytingiga ta’sir körsatişi mumkin bölgan ayrim çeklovlarni ham qayd etgan. Jumladan, aholi jon boşiga töğri keladigan YAIMning nisbatan pastligi, kreditlarning 39 foizi xorijiy valyutada ekani hamda bank tizimida davlat uluşining yuqoriligi şular jumlasidan. Hozirda bank sektorining 61 foizi davlat banklari hissasiga töğri keladi. Bu sohada xususiylaştiriş jarayonlari ham kutilganidan sekinroq keçmoqda.

Agentlik kelgusida oltin narxining pasayişi, davlat qarzini jalb qiliş xarajatlarining ortişi va byudjet taqçilligini qisqartiriş jarayonini ham kuzatib boradi. S&P prognozlariga köra, oltinning bir troy unsiyasi narxi 2026 yildagi 4 300 dollardan 2028 yilga kelib 3 500 dollargaça pasayişi mumkin. Reytingni yanada oşiriş uçun byudjet taqçilligini izçil kamaytiriş va davlat korxonalariga beriladigan davlat kreditlari ustidan nazoratni kuçaytiriş muhim böladi.

Saida Mirziyoyeva öz bayonotida reytingning oşişini tizimli iqtisodiy islohotlar, muvozanatli moliya siyosati va Prezidentning uzoq muddatli strategiyasi natijasi sifatida baholagan. Uning ta’kidlaşiça, mamlakatning ijobiy natijalarini xalqaro hamkorlarga yetkazişda işçi guruhning tezkor va oçiq tahliliy muloqotlari ham S&P tomonidan alohida e’tirof etilgan.

Ma’lumot uçun, Özbekistonning strategik maqsadi 2030 yilga qadar suveren kredit reytingini investitsiyaviy darajaga olib çiqişdan iborat.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing