Özbekiston fuqarosini çegaradan noqonuniy ötkazgan Qozoğiston va Qirğiziston fuqarolari uşlandi
Olam
−
18:59 450 2 daqiqa
Qozoğistonning Jambil viloyatida noqonuniy migratsiyani taşkil etişda gumonlanayotgan bir guruh şaxslar faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda mintaqa Politsiya departamentiga tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.
Idora matbuot xizmati ma’lumotlariga köra, politsiya xodimlari tomonidan Qozoğistonning uç nafar fuqarosi va Qirğiziston fuqarosi aniqlanib, qölga olingan. Tergov ma’lumotlariga köra, ular Özbekiston fuqarosining davlat çegarasini noqonuniy kesib ötişini taşkil qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 394-moddasi 2-qismi bilan sudgaça tergov harakatlari boşlangan. Barça tört nafar gumonlanuvçi qölga olinib, vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.
Ma’lumotlarga köra, “Nolegal — 2026” tezkor-profilaktik tadbiri yakunlariga köra, mintaqada migratsiya qonunçiligining 293 ta buzilişi holatiga çek qöyilgan.
Xususan, xorijiy fuqarolar tomonidan noqonuniy ravişda mehnat faoliyatini amalga oşirişning 53 ta holati, şuningdek, içki işlar organlarini xorijliklarning kelişi haqida öz vaqtida xabardor qilmaslik va ularning mamlakatda böliş qoidalariga rioya etişini ta’minlamaslik bilan boğliq 63 ta holat aniqlangan.
Tegişli ruxsatnomasiz xorijiy fuqarolar mehnatidan noqonuniy foydalangan 15 nafar iş beruvçi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Sud qarorlariga asosan 77 nafar xorijiy fuqaro Qozoğiston hududidan çiqarib yuborilgan.
Tadbir davomida qidiruvdagi şaxslarni aniqlaşga alohida e’tibor qaratilgan. Körilgan çora-tadbirlar natijasida davlatlararo qidiruvda bölgan tört nafar fuqaro, jumladan, bir nafar Qozoğiston fuqarosi va MDH davlatlarining uç nafar fuqarosi qölga olingan.
Live
Barchasi