Özbekistonda 30 mingga yaqin pedagog kasbiy sinovdan öta olmadi
O‘zbekiston
−
10:15 1667 2 daqiqa
2024–2026 yillarda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etgan. Ularning qariyb uçdan ikki qismi belgilangan sinovlardan muvaffaqiyatli öta olmagan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga köra, agentlik sertifikatlaş natijalarini Özbekistonning 14 ta hududi, şuningdek, 46 ta fan va mutaxassislik böyiça tahlil qilgan. Sinovlarda mamlakatdagi jami pedagoglarning 6,9 foizi qatnaşgan.
Sertifikat olgan pedagoglar orasida eng katta guruhni 56–70 ball töplaganlar taşkil etgan — ularning soni 12 693 nafar. 4 778 nafar pedagog 72–85 ball, 608 nafari esa 86 va undan yuqori ball olişga muvaffaq bölgan. Şu bilan birga, yuqori natija qayd etganlar sertifikat olgan pedagoglarning atigi 3,4 foiziga töğri kelgan.
Agentlik tahlilda pedagog kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari bitiruvçilarining kasbiy sertifikatlaş natijalarini ham özaro taqqoslagan. Unga köra, sertifikat olganlar uluşi quyidagiça:
- an’anaviy davlat universitetlari bitiruvçilari orasida — 39,9 foiz;
- ixtisoslaştirilgan va boşqa oliy ta’lim taşkilotlari bitiruvçilari orasida — 37,6 foiz;
- pedagogika oliygohlari bitiruvçilari orasida — 37,2 foiz;
- örta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvçilari orasida — 24,7 foiz;
- xorijiy ta’lim taşkilotlari bitiruvçilari orasida — 23,3 foiz.
Şunday qilib, tahlil qilingan toifalar orasida eng yuqori körsatkiç an’anaviy davlat universitetlari bitiruvçilarida, eng past natija esa xorijiy ta’lim taşkilotlari bitiruvçilarida qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda pedagoglar uçun poytaxt yoki viloyat markazlariga borib, bir oylik kurslarda majburiy öqiş talabi bekor qilinişi haqida xabar berilgan edi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev öqituvçi va murabbiylar bilan uçraşuvda ma’lum qilgan. Şuningdek, davlat rahbari bolalarning qiziqişi, dunyoqaraşi va axborot oliş xususiyati özgarayotgani, şu bois öqituvçilar muntazam öqib, öz ustida işlaşi zarurligini ta’kidlagan edi.
Live
Barchasi