Özbekistonda ommaviy tadbirlarda xavfsizlik xizmati pulli bölişi mumkin

O‘zbekiston

−

image

Özbekistonda ommaviy tadbirlarda xavfsizlik xizmatlari uçun taşkilotçilardan haq undiriş taklif etilmoqda. Şuningdek, tadbirlarda dronlardan foydalaniş, elektron çipta savdosini joriy etiş va odamlarni bepul yoki arzon mahsulotlar tarqatiş orqali jalb qilişni taqiqlaş rejalaştirilmoqda. Bu haqda 18 noyabr kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni ötkaziş tartib-taomillarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror loyixasida söz boradi.

Loyihaga köra, ommaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini ta’minlaş uçun Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va soğliqni saqlaş organlari xizmatlari pulli asosda körsatiladi. Buning uçun tadbir taşkilotçisi tegişli idoralar bilan majburiy şartnoma tuzişi kerak böladi. Şartnoma ruxsatnoma olingandan keyin, tadbir boşlanişiga kamida 10 iş kuni qolganda rasmiylaştirilişi lozim.

Xizmatlar qiymati ham alohida tartibda hisoblanadi. Jumladan, bir kişi-soat uçun tölov bazaviy hisoblaş miqdorining 7 foizi – hozirda 30 800 söm etib belgilanmoqda. Şartnomaning umumiy qiymati esa bir kişi-soat qiymatining 50 foizi, ya’ni 15 400 sömni tadbirga jalb etiladigan xodimlar yoki harbiy xizmatçilar soniga va tadbir davom etadigan soatlar miqdoriga köpaytiriş orqali aniqlanadi.

Biroq barça tadbirlar uçun bunday tölov joriy etilmaydi. Prezident, Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va Hukumat hujjatlari asosida ötkaziladigan ayrim tadbirlar, köçma sirklar – şapito va dorbozlar tomoşalari hamda saylovoldi taşviqoti tadbirlari uçun haq undirilmaydi.

Tadbirlarda dronlardan foydalaniladi

Hujjatda ommaviy tadbirlarda odamlar oqimini nazorat qilişning raqamli usullarini joriy etiş ham közda tutilgan. Buning uçun uçuvçisiz uçiş apparatlari – dronlardan foydalaniş taklif etilmoqda. Ular orqali iştirokçilar oqimini uzluksiz kuzatiş, odamlar sonini hisoblaş va tiğizlik sabab yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarni oldindan aniqlaş rejalaştirilgan.

Tadbir qoidalarini buzgan şaxslarga nisbatan ham yangi çora qöllanilişi mumkin. Xususan, sud qarori bilan ularning ommaviy tadbirlarga kirişi vaqtinça çeklanadi. 2027 yildan boşlab Içki işlar vazirligi “Xavfsiz şahar” platformasiga integratsiya qilingan e-ommaviy tadbir moduli orqali bunday şaxslarning elektron hisobini yuritişi belgilanmoqda.

Çiptalar faqat elektron şaklda sotilişi mumkin

Qaror loyihasida madaniy, köngiloçar-tomoşa va sport tadbirlariga çiptalarni elektron şaklda sotiş taklif qilingan. Bu orqali çiptalarni belgilangan narxdan qimmatga qayta sotiş, qalbakilaştiriş va korrupsiyaning oldini oliş maqsad qilingan. Oçiq maydonlar va sayilgohlarda ötkaziladigan tadbirlar bundan mustasno.

Şuningdek, taşkilotçilarga ruxsatnoma olmasdan turib tadbir haqida OAV va internetda e’lon beriş, reklama tarqatiş hamda çipta sotiş taqiqlanişi közda tutilgan.

Loyihada odamlarni reklama yoki aksiya bahonasida tadbirlarga jalb qiliş usullariga ham çeklov qöyilmoqda. Endi oziq-ovqat va buyumlarni bepul tarqatiş yoki haddan taşqari arzon narxda sotiş orqali ommaviy tadbirlarga odam yiğişga yöl qöyilmasligi mumkin.

Yangi qoidalarda ommaviy tadbir tuşunçasiga ham aniqlik kiritilgan. Unga köra, 100 va undan ortiq kişi iştirok etadigan tadbirlar ommaviy tadbir hisoblanadi. Miting va namoyişlar, şuningdek, töy va oilaviy marosimlar bundan mustasno. Doimiy örindiqlari bölmagan oçiq maydonlarda iştirokçilar soni har bir kvadrat metr foydali maydonga köpi bilan bir kişi töğri kelişi mezoni asosida hisoblanadi.

Bundan taşqari, tadbir ötkaziladigan ob’ektning özida va undan 500 metr radiusdagi hududda alkogol mahsulotlari savdosi tadbir boşlanişidan kamida ikki soat oldin hamda tadbir davomida töxtatiladi. Ob’ektlardagi videokuzatuv yozuvlari esa kamida 30 sutka saqlanişi şart böladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing