Özbekistonda iş joylarida şahvoniy şilqimlikka yöl qöyilmaydi
O‘zbekiston
−
13:20 262 1 daqiqa
Özbekistonda mehnat va maşğulotlar sohasida şahvoniy şilqimlikka yöl qöyilmasligi belgilandi. Bu haqda joriy yilning 13 noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan “Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunçilikka implementatsiya qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga özgartiriş va qöşimça kiritiş töğrisida“gi qonunda keltirilgan.
Qonun bilan Mehnat kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan. Unga köra, mehnat va maşğulotlar sohasida şahvoniy şilqimlikka yöl qöyilmaydi.
Mehnat va maşğulotlar sohasida şahvoniy şilqimlik deganda şaxsga nisbatan uning uçun nomaqbul bölgan hamda uning şa’ni va qadr-qimmatini kamsitişda, taşqi qiyofasini muhokama qilişda ifodalangan, şahvoniy xususiyatga ega bölgan harakatlarni sodir etiş tuşuniladi.
Qonunga köra, iş beruvçi mehnat jamoasida şahvoniy şilqimlikdan xoli muhit yaratiş uçun barça zarur çoralarni körişi şart.
Bundan taşqari, mehnat sohasida terisining rangi va siyosiy qaraşlari böyiça kamsitiş ham taqiqlangan belgilar qatoriga kiritilgan.
Live
Barchasi