Farğonada soxta davlat raqamidan foydalangan haydovçilarga jinoyat işi qözğatildi (video)

3-sahifa

−

image

Özbekistonda avtomobillarga soxta yoki davlat röyxatidan ötkazilmagan raqam belgilarini örnatgan bir neçta şaxs aniqlandi. Bu haqda Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugungi kunda mamlakat yöllarida huquqbuzarliklarni avtomatik aniqlaş va qayd etişga möljallangan 5,5 mingdan ortiq maxsus qurilma faoliyat yuritmoqda. Yil boşidan buyon tezlikni oşiriş bilan boğliq yöl-transport hodisalari 40 foizgaça kamaygan.

Şu bilan birga, ayrim haydovçilar belgilangan jazodan qoçiş maqsadida transport vositalariga soxta yoki davlat röyxatidan ötkazilmagan raqam belgilarini örnatayotgani aniqlangan. Bunday holatlarning oldini oliş maqsadida IIVning tegişli bölinmalari hamda hamkor taşkilotlar tomonidan tezkor tadbirlar ötkazilgan.

Xususan, joriy yilning 5 noyabr kuni Namangan xalqaro aeroportida Moskva – Namangan yönalişi böyiça uçib kelgan, Kosonsoy tumanida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan fuqaroning yuk sumkasi tekşirilgan. Xolislar iştirokida ötkazilgan közdan keçiriş davomida undan tegişli hujjatlari bölmagan, davlat röyxatidan ötkazilmagan soxta avtomobil raqam belgilari topilgan.

Tezkor tekşiruvlar davomida Farğona, Marğilon va Qöqon şaharlarida ham bir neçta avtomobilga örnatilgan davlat raqam belgilarining soxtaligi foş etilgan. Suriştiruvlarda ayrim fuqarolar soxta raqamlarni xorijiy davlatlardan ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtma qilgani, boşqalari esa tanişlaridan sotib olganini bildirgan.

Barça holatlar belgilangan tartibda rasmiylaştirilib, soxta davlat raqamlari aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan. Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 227-1-moddasi (Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga xilof ravişda tayyorlaş, ötkaziş yoki ulardan foydalaniş, şuningdek ularni qalbakilaştiriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida voyaga yetmagan şaxslar qalbaki davlat raqamlari va maxsus mayakçali avtomobillar bilan yurgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing