Özbekistonda 9 oyda 18 mingdan ortiq şaxs ozodlikdan mahrum qilindi

3-sahifa

−

image

Özbekistonda joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida jinoyat işlari böyiça sudlar 64 902 ta işni körib çiqdi. Natijada 57 376 nafar şaxs sudlandi, 385 nafar şaxs, jumladan, 161 nafar qatağon qurboni oqlandi va reabilitatsiya qilindi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

Hisobot davrida sudlanganlarning 18 026 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş, 38 737 nafariga boşqa turdagi jazolar tayinlangan. Yana 613 nafar şaxs şartli hukm qilingan.

Sudlanganlarning 50 435 nafari erkak, 6 941 nafari ayol bölgan. Şuningdek, ular orasida 21 670 nafar yoş, jumladan, 2 097 nafar voyaga yetmagan hamda 60 yoşdan oşgan 2 052 nafar şaxs bor.

Jinoyat işlarining salmoqli qismi Toşkent şahri, Farğona, Toşkent, Samarqand va Andijon viloyatlari hissasiga töğri kelgan. Körib çiqilgan işlarning asosiy qismini firibgarlik, öğrilik, yöl harakati xavfsizligi qoidalarini buziş, giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlar, badanga qasddan şikast yetkaziş va bezorilik taşkil etgan.

Bundan taşqari, 6 377 nafar şaxs ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangani sababli sud zalining özida qamoqdan ozod qilingan. Dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz qöyilgan ayblov moddalari 13 938 nafar şaxsga nisbatan ayblovdan çiqarilgan yoki qayta malakalangan.

Hisobot davrida 26 794 nafar şaxs jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilingan, 8 761 nafarining jazosi yengilroği bilan almaştirilgan. Yaraşuv institutining qöllanilişi natijasida esa 18 844 nafar şaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

Jinoyatlarning kelib çiqiş sabablari va ularga imkon bergan şart-şaroitlarni bartaraf etiş yuzasidan 34 325 ta xususiy ajrim çiqarilgan.

Şuningdek, apellyatsiya tartibida 6 509 ta jinoyat işi 8 659 nafar şaxsga nisbatan körib çiqilib, 314 nafar şaxs böyiça sud qarorlari bekor qilingan, 1 830 nafariga nisbatan çiqarilgan qarorlar özgartirilgan.

Kassatsiya tartibida 4 504 ta iş 5 060 nafar şaxsga nisbatan körilgan. Uşbu tartibda 354 nafar şaxsga oid qarorlar bekor qilinib, 1 188 nafariga nisbatan çiqarilgan qarorlar özgartirilgan.

Taftiş tartibida esa 3 931 ta jinoyat işi 4 576 nafar şaxsga nisbatan körib çiqilgan. Natijada 114 nafar şaxsga oid qarorlar bekor qilinib, 492 nafariga nisbatan çiqarilgan qarorlar özgartirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda joriy yilning 9 oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy jazoga tortilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing