Özbekiston xalqaro arbitraj işida turkiyalik da’vogarlar ustidan ğalaba qozondi

O‘zbekiston

−

image

Özbekiston turkiyalik da’vogarlar bilan 5 yil davom etgan xalqaro arbitraj işida ğalaba qozondi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 26 oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqarosi Mehmet Zeki Obuz va boşqalarning Özbekiston Respublikasiga qarşi qözğatgan xalqaro arbitraj işi yuzasidan qaror qabul qilgan.

Qarorga muvofiq, da’vogarlar tomonidan Özbekiston Respublikasiga qarşi ilgari surilgan barça da’vo talablari rad etilgan.

Uşbu investitsiyaviy nizo Özbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi örtasida 1992 yilda tuzilgan investitsiyalarni özaro rağbatlantiriş va himoya qiliş töğrisidagi ikki tomonlama bitim asosida qözğatilgan bölib, 2021 yil iyun oyida boşlanib, 5 yil davom etdi. 

Ma’lumot uçun, turkiyalik da’vogarlar talablarining rad etilişi Özbekistonning turk investorlari bilan bahslarda yaqinda erişgan bir qator ğalabalarini davomi böldi. Xususan, 2024 yilning oktyabr oyida ICSID Bursel Tekstil kompaniyasining taxminan 700 million dollarlik da’vosini rad etgan bölsa, 2019 yilda Günesh Tekstil işi böyiça da’volarning qariyb 90 foizi rad etilgan edi.

Joriy iş böyiça arbitraj tribunali e’lon qilgan qaror nizolaşuvçi tomonlar uçun yakuniy hisoblanadi.

Qayd etilişiça, mazkur arbitraj işida davlat manfaatlarini Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda “Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle” xalqaro yuridik kompaniyasi (AQŞ) himoya qilgan.

Eslatib ötamiz, 2021 yilning iyun oyida bir guruh turkiyalik tadbirkorlar Investitsiya böyiça nizolarni hal qiliş xalqaro markaziga murojaat qilib, Özbekistonga qarşi da’vo oçgani haqida xabar berilgan edi. Öşanda iş kartasida da’voçilar sifatida Mehmet Zeki Obuz, Sevde Yilmaz, Xuri Obuz va Tasfiye Halinde Obuzlar Gida, Temizlik Maddeleri, Züccaciye ve Tekstil Sanayi Ticaret Limited Sirketi körsatilgan. Ma’lumotlarga köra, Mehmet Zeki Obuz Özbekistonga ötgan asrning 1995 yilda kelgan. U “Sundus” qöşma korxonasi asosçilaridan biri, 1998 yilda esa uning boş direktori bölgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing