Özbekistonda 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlaş majburiy böladi
O‘zbekiston
−
16:34 576 2 daqiqa
Özbekistonda 2027 yildan boşlab barça 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlaş rejalaştirilmoqda. Buning uçun bepul tayyorlov guruhlari taşkil etilib, ular zarur jihozlar bilan ta’minlanadi. Bu haqda Prezidentning joriy yil 10 noyabr kuni imzolagan “Inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida belgilangan.
Prezident farmoni bilan 7 ta milliy dastur hamda ularni 2027–2031 yillarda amalga oşiriş rejalari tasdiqlangan.
Hujjatda ta’lim va kasbiy könikmalarni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilgan. Unga köra, joriy yil dekabr oyiga qadar hududlarda maktabgaça tayyorlovga bölgan ehtiyoj örganilib, qança pedagog va öquv jihozlari zarurligi aniqlanadi. Bepul tayyorlov guruhlari uçun ajratilgan xonalar esa 2027–2028 yillarda mebel va boşqa kerakli vositalar bilan jihozlanadi.
Şuningdek, maktabgaça ta’lim qamrovini kengaytiriş maqsadida har yili kamida 100 ta boğça quriş yoki mavjudlarini rekonstruksiya qiliş közda tutilgan. Bundan taşqari, Osiyo taraqqiyot banki kömagida Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlarida davlat-xususiy şeriklik asosida 500 ta maktabgaça ta’lim taşkiloti oçiladi.
Xususiy boğçalar faoliyatini qöllab-quvvatlaş ham davom ettiriladi. 2027 yil aprel oyiga qadar ularga yer ajratiş va imtiyozli kreditlar beriş tizimini nazarda tutuvçi me’yoriy hujjat işlab çiqiladi.
Bundan taşqari, nodavlat boğçalar tarbiyaçilari uçun “Tarbiyaçi” nomli ta’limni boşqariş platformasi işga tuşiriladi. Unda pedagoglar zamonaviy öqitiş usullari böyiça videodarslar, uslubiy qöllanmalar, testlar va interaktiv maşğulotlardan foydalanişi mumkin böladi.
Yangi tartibga muvofiq, boğçalarga davlat byudjeti hisobidan ajratiladigan subsidiyalar miqdori ham ta’lim sifati bilan boğlanadi.
Live
Barchasi