Özbekistonda har 100 kişidan faqat 12 nafari oliy ma’lumotli – statistika
O‘zbekiston
−
12:33 250 1 daqiqa
Özbekistonda 15 yoş va undan katta har 100 nafar aholining 12 nafari oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda bugun, 13 noyabr kuni Milliy statistika qömitasida ötkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Röyxatga oliş natijalariga köra, 15 yoş va undan katta aholining 3 million 271,1 ming nafari yoki 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Şuningdek, uşbu yoş toifasidagi aholining 9 million 737,2 ming nafari yoki 35,8 foizi örta maxsus va professional ma’lumotli. Ya’ni har 100 kişidan qariyb 36 nafari uşbu ta’lim darajasiga ega.
Umumiy örta ma’lumotga ega bölganlar esa 11 million 626,5 ming nafarni yoki 42,8 foizni taşkil etadi. Boşqaça aytganda, har 100 kişidan qariyb 43 nafari umumiy örta ma’lumotli.
Qayd etilişiça, hozirda Özbekistonda 7 yoş va undan katta 9 million 615,9 ming kişi ta’lim taşkilotlarida tahsil olmoqda. Ularning 51,5 foizi erkaklar, 48,5 foizi esa ayollardir. Demak, har 100 nafar ta’lim oluvçidan qariyb 52 nafari erkak, 48 nafari ayol.
Oliy ta’lim taşkilotlarida esa 1 million 725,9 ming kişi tahsil olmoqda. Ularning 49 foizini ayollar taşkil etadi. Ya’ni har 100 nafar oliy ta’lim talabasidan 49 nafari ayol.
Live
Barchasi