Özbekiston – Qozoğiston çegarasida kilometrlab tirbandlik yuzaga keldi

Olam

−

image

Bugun, 20 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qozoğistonning Özbekiston bilan çegarasidagi bojxona postlarida yuk maşinalari töplanib qolgani aks etgan video tarqaldi. Biroq mazkur tasvirlar bir neça kun avval olingan bölib, ayni vaqtda ikki davlat örtasidagi çegara ötkaziş punktlari odatiy tartibda işlamoqda. Bu haqda Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev özining Telegram-kanalida munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, Qozoğistonning Turkiston viloyati Davlat daromadlari departamenti Özbekiston bilan çegaradagi ötkaziş punktlarida yuk maşinalari navbati haqida har 24 soatda ma’lumot berib bormoqda.

Departament ma’lumotiga köra, bugun, 20 noyabr kuni soat 09:00 holatida “B. Qonisboyev” avtomobil ötkaziş punktida 100 ta yuk maşinasi navbatda turgan. Mazkur postga tutaş Özbekistonning “Yallama” çegara bojxona punkti orqali esa bir sutkada 1,5 mingdan ziyod yuk avtomobili harakatlanmoqda.

Ma’lum qilinişiça, joriy yilda Özbekiston va Qozoğiston çegara ötkaziş punktlari orqali harakatlanayotgan yuk avtomobillari soni sezilarli darajada oşgan. Agar 2021 yilda ikki davlat çegara-bojxona postlari orqali bir sutkada 1 165 ta yuk maşinasi ötgan bölsa, 2026 yil noyabr oyiga kelib bu körsatkiç 3 130 taga yetgan. Bu qariyb 2,7 barobar ösişni anglatadi.

Ta’kidlanişiça, videolarda aks etgan yuk maşinalarining asosiy qismini ikki davlat hududi orqali tranzit tarzida harakatlanayotgan transport vositalari taşkil etadi. Bu esa, jumladan, Qozoğistonning Xitoy bilan çegarasidagi “Xorgos” ötkaziş punkti 24 soatlik iş rejimiga ötkazilgani bilan boğliq.

Natijada Xitoydan tovar olib kiriş jarayoni tezlaşgan, Özbekiston orqali Turkmaniston, Tojikiston va boşqa davlatlarga tranzit yuk taşiş hajmi ham oşgan.

Bundan taşqari, geosiyosiy va iqtisodiy vaziyat, şuningdek, boşqa an’anaviy savdo-logistika yönalişlaridagi çeklovlar xalqaro yuk taşiş yönalişlarining qayta şakllanişiga sabab bölmoqda.

Ayni paytda çegarada navbatlar yuzaga kelişining oldini oliş maqsadida Özbekiston va Qozoğiston bojxona xizmatlari örtasida doimiy axborot almaşinuvi va hamkorlik yölga qöyilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston va Özbekiston çegarasida yuk maşinalari navbati 25 kilometrga yetgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing