72 nafar askar xotirasiga örnatilgan yodgorlik tahqirlandi
Olam
−
16:38 617 2 daqiqa
Qozoğistonning Taraz şahrida 72 nafar noma’lum askar dafn etilgan joydagi memorial yodgorlik vayron qilindi. Uni buzgan şaxslarni aniqlaş böyiça qidiruv işlari olib borilmoqda. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 18 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qorasuv mavzesidagi şahar qabristonida joylaşgan yodgorlikning buzilgani haqida xabarlar tarqalgan. Uşbu hududda evakuatsiya gospitallarida olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan 72 nafar noma’lum askar dafn etilgan.
Qayd etilişiça, memorial 2026 yilning 15 oktyabr kuni keng kölamli ta’mirlaş işlaridan söng qayta oçilgan. Hududni obodonlaştiriş va yodgorlikni yangilaş işlari mahalliy hokimiyat hamda Rossiyaning Olmaotadagi Boş konsulligi hamkorligida amalga oşirilgan.
Jambil viloyati hokimligi voqeani tasdiqlab, viloyat hokimi Yerbol Qoraşökeyev holatni alohida nazoratga olişni topşirganini bildirgan. Şuningdek, yodgorlik yaqin vaqt içida qayta tiklanişi ma’lum qilingan. Biroq ta’mirlaş işlari qaçon yakunlanişi hozirça aniqlaştirilmagan.
Jambil viloyati Politsiya departamenti esa yodgorlikni tahqirlaş holati yuzasidan jinoiy iş qözğatilganini ma’lum qilgan. Ayni paytda huquqbuzarlarni aniqlaş va qölga oliş böyiça tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.
Ma’lumot uçun, 2026 yilning sentyabr oyida Ostona şahridagi Jurnalistlar xiyobonida ham vandalizm holati kuzatilgan. Ikki yigit xiyobondagi haykaltaroşlik kompozitsiyasiga zarar yetkazib, yettita çiqindi qutisini sindirgan. Politsiya ularning şaxsini aniqlab, qölga olgan. Gumonlanuvçilardan biri 18 yoşda, ikkinçisi esa voyaga yetmagan bölgan.
Live
Barchasi