Xalqaro qidiruvdagi özbekistonlik ayol Gruziyadan Qozoğistonga ekstraditsiya qilindi
3-sahifa
−
11:19 388 2 daqiqa
Özbekiston fuqarosi Qozoğistonda fohişalik va jinsiy xizmatlar körsatuvçi şaxslarning anketalarini internetda reklama qiliş bilan boğliq jinoiy guruh faoliyatida gumonlanmoqda. U Gruziyadan Qozoğistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Qozoğiston Boş prokuraturasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, ayol transmilliy uyuşgan jinoiy guruh tarkibida faoliyat yuritgan. Tergov ma’lumotlariga köra, u guruhning boşqa a’zolari bilan birgalikda Kyzdar.net internet saytida joylaştirilgan anketalarni töldiriş va ularni reklama qiliş uçun fohişalik hamda boşqa jinsiy xizmatlar bilan şuğullanuvçi şaxslardan buyurtmalar qabul qilgan.
Guruh a’zolari tuşgan mablağlardan komissiya haqini uşlab qolib, qolgan qismini sayt taşkilotçilariga ötkazib turgan. Şu orqali noqonuniy vositaçilik faoliyatining uzluksiz işlaşini ta’minlagan.
Qayd etilişiça, jinoiy guruhning ayrim a’zolari allaqaçon turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan. Gumonlanuvçi hamda guruhning boşqa ayrim a’zolari esa tergovdan yaşiringani sababli xalqaro qidiruvga berilgan.
Özbekiston fuqarosi joriy yilning iyul oyida Gruziyada qölga olingan. Qozoğiston Boş prokuraturasi söroviga binoan u Qozoğistonga ekstraditsiya qilingan va hozirda tergov hibsxonasiga joylaştirilgan.
Unga qöyilayotgan ayblovlar böyiça 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş hamda mol-mulkini musodara etiş jazosi nazarda tutilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Mersin viloyatida giyohvandlikka qarşi kuraş doirasida ötkazilgan tadbirda Özbekiston tomonidan giyohvandlik jinoyati uçun xalqaro miqyosda qidiruvga berilgan Odil Xudoyberdiyev qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi