Ostonada derazadan dollar “yoğdi”: yirik amaldorlar qölga olindi (video)

Olam

−

image

Qozoğistonning Ostona şahridagi “Atlant-6” turar joy majmuasi yaqinida dollar kupyuralari solingan çamadonlar topildi. Şu bilan bir vaqtda Qozoğiston OAVlari mamlakatning ikki yirik davlat tuzilmasi – “Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi va “Samruk-Qazina” jamğarmasi rahbarlari qölga olingani haqida xabar tarqatdi.

“Centralmedia24” naşrining yozişiça, pullar Qozoğiston poytaxtining Yesil tumanidagi Qunayev köçasida joylaşgan turar joy majmuasi yonidan topilgan. Naşr ma’lumotlariga köra, voqea joyiga politsiya xodimlari yetib borgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda pul solingan çamadon bino derazasidan uloqtirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Hozirça bu rasman tasdiqlanmadi.

Sodir bölgan voqea fonida “Centralmedia24” anonim manbalarga tayanib, “Qazaqstan temir joli” boşqaruvi raisi Yeljas Otinşiyev va “Samruk-Qazina” milliy farovonlik jamğarmasi rahbari Nurlan Jakupov qölga olingani haqida xabar berdi.

Naşr ma’lumotlariga köra, Otinşiyev Milliy xavfsizlik qömitasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi “Tanjir” launj-barida qölga olingan.

Jurnalistlar manbalarining aytişiça, har ikki rahbar juda köp miqdorda pora olişga urinişda gumonlanmoqda. Xabar qilinişiça, ular bitta jinoyat işi doirasida jalb qilingan bölişi mumkin.

Qölga olişlar va topilgan pullarning tergovga aloqadorligi haqida hozirça rasmiy tasdiq mavjud emas.

“Samruk-Qazina” jamğarmasi matbuot xizmati “Tengrinews.kz” söroviga javoban Nurlan Jakupovning qölga olingani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamagan ham, inkor ham etmagan. U yerdagilar vakolatli organlardan rasmiy ma’lumot olingunga qadar izoh berişdan tiyilişlarini bildirgan.

Yeljas Otinşiyev Qozoğiston milliy temir yöl kompaniyasiga 2026 yil iyul oyida rahbar etib tayinlangan. Bungaça u “Samruk-Qazina” guruhida rahbarlik lavozimlarida işlagan.

Nurlan Jakupov “Samruk-Qazina” jamğarmasiga 2023 yildan buyon rahbarlik qilib kelmoqda. Jamğarma Qozoğistonning yirik davlat aktivlarini, jumladan, neft-gaz, transport, energetika va telekommunikatsiya tarmoqlari korxonalarini boşqaradi.

Dollarlarning topiliş tafsilotlari, ularning miqdori va kimga tegişli ekanligi aniqlanmoqda. Material e’lon qilingan vaqtda MXQ va huquqni muhofaza qiliş organlarining ehtimoliy qölga olişlar yuzasidan rasmiy izohlari mavjud emas.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing