Istanbulda özbekistonlik ayollarni aldab işlatganlar qölga olindi
Olam
−
1844 3 daqiqa
Turkiyaning Istanbul şahrida soxta konsalting kompaniyasi orqali iş va’da qilingan 14 nafar Özbekiston va Qozoğiston fuqarosi bölgan ayolning pasportlari olib qöyilib, ular majburan işlatilgani aytilmoqda. Mazkur iş böyiça sakkiz nafar gumonlanuvçiga, jumladan, bir nafar advokatga nisbatan 168 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi söraldi. Bu haqda “Mega Haber” naşri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tergov Istanbul politsiyasining Migrantlar kontrabandasiga qarşi kuraşiş bölimi hamda Prezident huzuridagi Aloqa markaziga (CİMER) kelib tuşgan murojaatlardan söng boşlangan.
Tergov davomida gumonlanuvçilar TikTok ijtimoiy tarmoğidagi jonli efirlar orqali xorijlik ayollarga iş taklif qilayotgandek köriniş bergani aniqlangan. Ular “Rekdan Danışmanlık Organizasyon Tekstil Temizlik İthalat İhracat Ticaret Limited Şirketi” nomi ostida soxta kompaniya taşkil etib, iş izlayotgan ayollarni belgilangan telefon raqami orqali boğlanişga çaqirgan.
Tergov ma’lumotlariga köra, kompaniya rasman Tyurker Yujel Aygören nomida bölgan, biroq qidiruvda bölgan Mehmet Melih Ipekçi uning faoliyatini amalda boşqargan.
Gumonlanuvçilardan Oğuljaxon Roziyeva TikTok’da jonli efirlar ötkazib, ayollarni işga taklif qilgan. Gölnar Boduroğlu esa kompaniyaga kelgan ayollarni kutib olgan, ularga şartnomalar imzolatgan, pasportlarini olib qöygan va mijozlar bilan aloqani ta’minlagan.
Hidir Doğru mijozlardan tuşgan pullarni öz bank hisobiga qabul qilib, keyinçalik Mehmet Melih Ipekçiga ötkazgan. Bora Çokgeçim va Ahmet Deniz esa ayollarni mijozlarning uylariga olib boriş bilan şuğullangan.
Iş materiallarida gumonlanuvçilar orasidagi advokat Yusuf Bekdaş bilan boğliq holatlar ham keltirilgan. U kompaniya bilan vakillik munosabatida bölgan va jabrlanuvçi ayollarni “Sizlarni politsiyaga topşiramiz”, deb qörqitib, işlaşga majburlagani aytilmoqda.
Şuningdek, politsiya amaliyoti vaqtida advokat xonadon eşigini uşlab, xodimlarning kirişiga tösqinlik qilgani qayd etilgan. Şu paytda ikki qavatli xonadonda saqlab turilgan ayollar tom va balkon orqali qöşni xonadonga ötib, qoçişga uringan.
Tintuv davomida köplab raqamli qurilmalar, mijozlar haqidagi qaydlar hamda “pasport xöjayinda”, “pasport topşirildi” kabi yozuvlar bitilgan daftarlar topilgan.
Tergov ma’lumotlariga köra, jinoiy guruh ayollarni iqtisodiy jihatdan ham ekspluatatsiya qilgan. Ular mijozlardan tozalaş va enagaçilik xizmatlari uçun katta miqdorda pul olgan, biroq ayollarga kelişilgan iş haqining hatto yarmini ham bermagan.
Bundan taşqari, gumonlanuvçilar “komissiya” bahonasida ayollar daromadining 30–50 foizini uşlab qolgan. Natijada ular eng kam iş haqidan ham kam pul evaziga işlaşga majbur bölgan.
Jabrlanuvçilar körsatmalarida Turkiyada qonuniy yaşaş va işlaş ruxsatnomalariga ega bölmaganini, pasportlari olib qöyilganini hamda mamlakatdan çiqarib yuboriş bilan qörqitilganini bildirgan. Ularning aytişiça, aynan şu bosimlar sababli işlaşda davom etişga majbur bölişgan.
Bakirköy Boş prokuraturasi tomonidan tayyorlangan ayblov xulosasida sakkiz nafar gumonlanuvçining har biriga odam savdosi jinoyati böyiça 112 yildan 168 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi söralgan. Qidiruvdagi Mehmet Melih Ipekçi ustidan qidiruv e’lon qiliş, şuningdek, “Rekdan Danışmanlık” kompaniyasi faoliyatini töxtatiş ham talab qilingan.
Bakirköy Oğir jinoyatlar böyiça sudi ayblov xulosasini qabul qilgan. 14 nafar ayol jabrlangan deb körsatilgan mazkur iş böyiça sud jarayoni boşlanişi kutilmoqda.
Live
Barçasi