Olmaotadagi dahşatli yonğinda 5 kişi halok böldi (video)
Olam
−
1881 1 daqiqa
Bugun, 26 noyabr kuni tongda Qozoğistonning Olmaota şahridagi xususiy uyda yonğin sodir böldi. Hodisa oqibatida beş kişi halok böldi. Bu haqda “Kursiv Kazakhstan” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tonggi 03:44 da Olmaota şahrining Böstonliq tumanidagi xususiy uyda yonğin çiqqani haqida 112 xizmatiga xabar kelib tuşgan. Yonğin-qutqaruv bölinmalari çaqiruvdan tört daqiqa ötib voqea joyiga yetib borgan.
Qutqaruvçilar yetib kelganida uy töliq olov içida qolgan, alanga tez tarqalayotgan bölgan. Yonğin soat 04:42 da töliq öçirilgan.
Uni bartaraf etişga Favqulodda vaziyatlar departamentining 35 nafar xodimi va töqqizta maxsus texnikasi jalb qilingan. Hodisa joyidan beş kişining jasadi topilgan. Halok bölganlar orasida voyaga yetmagan bola ham bor.
Hozirda yonğinning kelib çiqiş sabablari va hodisaning boşqa tafsilotlari aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonning Qizilörda şahridagi neftni qayta işlaş zavodida 120 tonna neft mahsuloti yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi