Iroqdagi savdo markazida yonğin çiqdi. Qurbon bor (video)

Olam

−

visibility902 timer2 daqiqa

image

Keça, 25 noyabr kuni Iroq poytaxti Bağdodning şimolidagi Kozimiya hududida joylaşgan “Jawharat Baghdad” savdo markazida yonğin sodir böldi. Hodisa oqibatida bir kişi halok böldi, bir neça kişi jarohatlandi. Bino içida qolib ketgan 40 nafar fuqaro qutqarildi. Bu haqda Iroq Fuqaro mudofaasi boşqarmasiga tayanib, “Shafaq News” xabar berdi.

Qayd etilişiça, uç nafar oğir ahvoldagi jabrlanuvçi şifoxonaga olib ketilayotganida ulardan biri yölda vafot etgan. Olovni öçiriş işlariga 15 ta ixtisoslaştirilgan yonğin-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.

Yonğin savdo markazining ikkinçi va uçinçi qavatlarida sodir bölgan. Ikkinçi qavatda restoran, uçinçi qavatda esa kiyim-keçak dökonlari joylaşgan. Qutqaruvçilar yonğinni töliq öçirişga muvaffaq bölgan.

Qayd etilişiça, yonğin sabablarini aniqlaş uçun rasmiy tekşiruv boşlangan. Hodisa joyiga sud-kriminalistika eksperti jalb qilinib, texnik körik va zarur namunalarni oliş işlari amalga oşirilmoqda.

Fuqaro mudofaasi boşqarmasi matbuot xizmati rahbari Nuas Sabohning aytişiça, savdo markazi 2025 yildan buyon xavfsizlik talablariga javob bermagani sababli sud organlariga oşirilgan. Bino qurilişida tez yonuvçan sendviç-panellar va devor qoplamalaridan foydalanilgan, şuningdek, yonğindan ogohlantiriş va öçiriş tizimlari tegişli darajada saqlanmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Iroq janubidagi Basra viloyatida joylaşgan elektr stansiyasida sodir bölgan yonğin oqibatida kamida 4 kişi halok böldi, yana 30 kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing