Andijondagi köp qavatli uyda yonğin çiqdi

3-sahifa

−

visibility277 timer1 daqiqa

image

Bugun, 24 noyabr kuni Andijon viloyatining Andijon şahridagi 3 qavatli uyda yonğin sodir böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.  

Ma’lum qilinişiça, soat 12:37 da 112 tizimi orqali Andijon viloyati, Andijon şahar, “Işçilar” MFY hududida joylaşgan 3 qavatli uyning tom qismida yonğin sodir bölganligi töğrisida FVBga xabar kelib tuşgan.

Şunga köra, yonğin-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yonğin tezkorlik bilan öçirilgan.

Yonğin oqibatida köp qavatli uyning tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvçilarning tezkor harakatlari bilan uyning  630 kv.m maydoni yonğindan saqlab qolingan.

Yonğin oqibatida tan jarohati olganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanidagi mebel tayyorlaş sexida yonğin sodir bölgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing