Qirğizistondagi yonğinda halok bölgan özbekistonliklar böyiça ma’lumot berildi
3-sahifa
−
2616 2 daqiqa
Avvalroq, Qirğizistonning Manas şahrida qurilayotgan ikki qavatli binoda sodir bölgan yonğin oqibatida Özbekistonning ikki fuqarosi halok bölgani, yana bir özbekistonlik reanimatsiyaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. Hozirda marhumlarning jasadini Özbekistonga qaytariş çoralari körilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ söroviga javoban Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev ma’lum qildi.
Uning bildirişiça, keça, 22 noyabr kuni Jalolobod viloyatida qurilişi tugallanmagan ikki qavatli restoran binosida yonğin sodir bölgan. Hodisa oqibatida uşbu ob’ektning quriliş işlarida mehnat qilgan 2 nafar Özbekiston fuqarosi I.R.A. (1986 yilda tuğilgan) hamda B.B.B. (1988 yilda tuğilgan) tutundan zaharlaniş oqibatida vafot etgan.
Yana bir nafar fuqaro A.A.A. (1999 yilda tuğilgan) Jalolobod viloyati klinik şifoxonasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Uning ahvoli oğir deb baholanmoqda. Holat yuzasidan mahalliy idoralar tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Omonulla Fayziyevga köra, vaziyat Özbekiston Respublikasining Öşdagi Boş konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan, marhumlarning jasadini qaytariş çoralari körilmoqda. Ularning qarindoşlari bilan aloqa örnatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistonning Botken viloyatida Özbekiston fuqarosi boşqaruvidagi Cobalt avtomobili iştirokida sodir bölgan yöl-transport hodisasida bir kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi