Iroqdagi elektr stansiyasida yonğin çiqdi. Qurbonlar bor

Olam

−

image

Iroq janubidagi Basra viloyatida joylaşgan elektr stansiyasida sodir bölgan yonğin oqibatida kamida 4 kişi halok böldi, yana 30 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa bugun, 21 noyabr kuni Basra şahrining şimolida joylaşgan “Al-Harta” elektr stansiyasida yuz bergan. Yonğin öçiruvçilar va fuqaro muhofazasi xodimlarining harakati natijasida yonğin nazoratga olingan.

Xavfsizlik xizmati vakillarining ma’lum qilişiça, alanga yaqin atrofdagi uylarga ham tarqalgan. Hodisa sababli elektr stansiyasi faoliyati vaqtinça töxtatilgan. Qurbonlar soni ortişi mumkin.

Ma’lum qilinişiça, stansiyaning örnatilgan elektr energiyasi işlab çiqariş quvvati 800 megavattni taşkil etadi. Biroq yonğindan oldin u taxminan 400 megavatt quvvatda işlagan.
Iroq davlat axborot agentligi xabar berişiça, hozirça yonğinning kelib çiqiş sababi va yetkazilgan zarar miqdori böyiça rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uçun, Iroqda elektr infratuzilmasi köp yillardan beri yetarli mablağ ajratilmasligi, texnik xizmat körsatişdagi muammolar va elektr energiyasiga bölgan yuqori talabni qondirişdagi qiyinçiliklar bilan yuzlaşib keladi. Mamlakatdagi podstansiyalar va elektr inşootlarida yuz beradigan yonğinlar hamda texnik nosozliklar avval ham elektr ta’minotida uzilişlarga sabab bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Indoneziyaning Markaziy Yava provinsiyasidagi neftni qayta işlaş zavodida yuz bergan portlaş oqibatida bir nafar işçi halok bölgani haqida xabar berilgan edi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing