Yana bir Yaqin Şarq davlatida Telegram bloklandi
Texnologiya
−
19:07 637 2 daqiqa
Bugun, 16 noyabr kuni Iroq Aloqa va ommaviy axborot vositalari komissiyasi mamlakat hududida Telegram’ni bloklaş böyiça körsatma berdi. Bu haqda “Kurdistan 24” xabar berdi.
Qayd etilişiça, qaror Boş vazirning körsatmasi bilan qabul qilingan. Regulyator messenjer operatori Iroq qonunlari va tartibga soliş talablariga rioya etmayotganini ta’kidlamoqda. Kompaniyaga özining huquqiy maqomini tartibga soliş uçun 30 kun muhlat berilgan.
Komissiyaning bayon qilişiça, Telegram ilova orqali tarqalayotgan noqonuniy kontentga qarşi zarur çoralar körmagan. Regulyator “ekstremistik ritorika”, tartibsizliklar, zöravonlik va nafrat uyğotişga çaqiriqlarni çeklaş niyatida. Idora, şuningdek, kiberjinoyatçilik hamda milliy xavfsizlikka tahdid soliş uçun ijtimoiy tarmoqlardan ehtimoliy foydalaniş holatlarini ham tilga olgan. Bayonotda aniq kanallar, foydalanuvçilar yoki xabarlar körsatilmagan.
Komissiyaning tuşuntirişiça, blokirovka kompaniyani Iroqda e’lon qilinayotgan kontentni tekşirişga, qoidabuzarliklarga qarşi çoralar körişga va hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilişga undaşi kerak. Regulyator mamlakatda öz faoliyatini davom ettirişni istaydigan texnologik kompaniyalar birinçi navbatda mahalliy qonunçilikka rioya qilişi şartligini ta’kidlagan.
Bayonotda kompaniya 30 kun içida qanday qadamlarni qöyişi kerakligi, blokirovkani ertaroq olib taşlaş mumkinligi va talablar bajarilmasa nima sodir bölişi aniqlaştirilmagan. Şuningdek, çeklov texnikaviy jihatdan qaçon kuçga kirişi va foydalanuvçilar ilovadan foydalaniş imkoniyatidan mahrum bölganmi yoki yöqmi, hozirça noma’lum. Telegram hozirça vaziyatga izoh bermagan.
Ma’lumot uçun, 2023 yil avgust oyida ham Iroq Aloqa vazirligi “milliy xavfsizlik mulohazalaridan kelib çiqqan holda” Telegram’ni bloklagan. Öşanda idora şaxsiy ma’lumotlar va davlat muassasalariga oid ma’lumotlar sizib çiqqan kanallarni öçirib taşlaşni söragani, biroq messenjer javob bermaganini ma’lum qilgan. Bir hafta ötib taqiq olib taşlangan. Vazirlik ma’lumotlariga köra, platforma “tegişli organlar bilan muloqot qilişga töliq tayyorligini bildirgan”.
Eslatib ötamiz, avvalroq Iordaniya rasmiylari milliy xavfsizlik va raqamli muhitni himoya qiliş maqsadida Telegram messenjerini bloklagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi