“Qayrat” Yevropa kuboklaridagi birinçi ğalabasini qölga kiritdi

Sport

−

visibility410 timer1 daqiqa

image

Keça, 16 noyabr kuni Qozoğistonning “Qayrat” jamoasi Konferensiyalar ligasi asosiy bosqiçining törtinçi turida öz maydonida Şvetsiyaning “Melbyu” klubini mağlub etdi.

Olmaotada bölib ötgan uçraşuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Yagona golni 14-daqiqada Erkin Tapalov kiritdi.

Şu tariqa, “Qayrat” öz tarixida ilk bor Yevropa kuboklari asosiy bosqiçida ğalaba qozondi. Bunga qadar jamoa faqat saralaş bahslarida ğalaba qayd etgan edi.

“Qayrat” Konferensiyalar ligasi turnir jadvalida 5 oçko bilan 15-örinda bormoqda. “Melbyu” esa musobaqadagi ilk mağlubiyatidan söng 7 oçko bilan 9-poğonada joylaşgan.

Keyingi turda “Qayrat” joriy yilning 10 dekabr kuni Ruminiyaning “Universitatya” klubini qabul qiladi. “Melbyu” esa şu kuni öz maydonida Kiprning “Pafos” jamoasi bilan bahs olib boradi.

Ma’lumot uçun, “Qayrat” jamoasi ötgan mavsumda Yevropa Çempionlar ligasi asosiy bosqiçida iştirok etgandi. Qozoğistonliklar turnir doirasida “Real Madrid”, “Inter” va “Arsenal” kabi jamoalarga qarşi bahslarda iştirok etgan va 1 oçko bilan turnir jadvalining söngi poğonasini egallagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing