Toşkentga Qozoğistondan çang massalari kirib kelmoqda

Bu qiziq

−

visibility384 timer1 daqiqa

image

Toşkent şahriga Qozoğistondan çang massalari kirib kelmoqda. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.

Qayd etilişiça, sönggi beş kun davomida Toşkent şahrida yoğingarçilikning kuzatilmagani, şamol tezligining nisbatan pastligi va havo almaşinuvining sustligi şahar atmosferasida ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişini qiyinlaştirmoqda.

Şu bilan birga, Qozoğiston hududidan havo oqimlari orqali transçegaraviy çang massalarining Toşkent viloyati va Toşkent şahri tomon kirib kelişi kuzatilmoqda.

Bu holat Özgidrometning Toşkent şahri böylab joylaştirilgan atmosfera havosi sifatini monitoring qiliş avtomatik stansiyalari ma’lumotlarida ham aks etmoqda. Xususan, poytaxt hududidagi stansiyalarda ifloslantiruvçi moddalar konsentratsiyasining sezilarli ortişi qayd etilmagani, biroq çegaraoldi avtomatik stansiyalarida 2026 yil 17–21 noyabr kunlari olingan monitoring natijalarida PM2.5 va PM10 çang zarraçalari miqdorining yuqori körsatkiçlari kuzatilgani çang massalarining taşqi hududlardan kirib kelayotganini körsatuvçi muhim dalillardan biri.

Mazkur davrda, ayniqsa, “Sofiya” va “Green University” çegaraoldi monitoring stansiyalarida PM2.5 va PM10 zarraçalari konsentratsiyasining yuqori körsatkiçlari qayd etilgan.

Bundan taşqari, avtotransport vositalari, quriliş maydonlari va sanoat korxonalaridan çiqadigan taşlamalar ham atmosfera havosi sifatiga ta’sir etuvçi mahalliy omillar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing