Qozoğistonlik ayol “Miss universe” tanlovida 30 kilogrammlik libos kiyadi

Madaniyat-san’at

−

image

Qozoğistonning “Miss universe – 2026” (“Koinot gözali”) xalqaro gözallik tanlovidagi vakili Alina Ri oğirligi 30 kilogrammga yaqin, qiymati 5 million tengedan (taxminan 131,7 million söm) oşadigan milliy libosda iştirok etadi. Bu haqda “Kursiv Kazakstan” xabar berdi.

Qayd etilişiça, “Oltin burgut: Qozoğiston ruhi” deb nomlangan libos mamlakat davlat bayroği asosida yaratilgan. Unda osmonrang, oltin rangli quyoş, qanot yozgan burgut va an’anaviy qozoq naqşlari mujassamlaştirilgan.

Libosning asosiy qismi – oltin rangdagi katta qanotlar. Maxsus mexanizm yordamida ular sahnada oçiladi. Uzun şleyf esa harakat davomida burgutning daşt uzra parvozini ifodalaydi. Boş kiyim quyoş şaklidagi oltin toj körinişida işlangan.

Ma’lum qilinişiça, libosni yaratiş ustida SV Muse brendi işlagan. Uni tayyorlaş jarayoni şu yil aprel oyida boşlangan va yarim yildan ortiq vaqt davom etgan. Libos ğoyasini esa tanlovda Qozoğiston nomidan iştirok etayotgan Alina Rining özi taklif qilgan.

Ma’lumot uçun, Alina Ri “Miss Qazaqstan – 2025” tanlovi ğolibi hisoblanadi. “Miss universe – 2026” tanlovi Puerto-Rikoda bölib ötmoqda. Milliy liboslar namoyişi Ostona vaqti bilan 22 noyabr kuni soat 04:00 da boşlanadi. Tanlov finali va ğolibni toj kiydiriş marosimi esa 25 noyabr kuni soat 05:00 ga belgilangan.

Eslatib ötamiz, 2025 yilda Tailandda “Miss Universe – 2025” (“Koinot gözali”) xalqaro gözallik tanlovining yakuniy bosqiçi bölib ötgandi va meksikalik Fotima Boş ğoliblikni qölga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing