Çirçiqlik fuqaro uyida noqonuniy qurol va piçoqlar saqlagani aniqlandi

3-sahifa

−

image

Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida yaşovçi fuqaroning uyidan noqonuniy saqlanayotgan 2 dona qurol va 4 ta turli körinişdagi ötkir tiğli piçoq topildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, holat “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining uçinçi bosqiçi doirasida aniqlangan. Ma’rifat mahallasida yaşovçi fuqaroning xonadoni közdan keçirilganda, qölbola usulda yasalgan, porox yordamida öq uzişga möljallangan qurol hamda Ispaniyada işlab çiqarilgan “Shadow Ming” rusumli, 5,5 kalibrli pnevmatik qurol topilgan.

Bundan taşqari, xonadondan 4 ta turli körinişdagi ötkir tiğli piçoq ham aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (Öqotar qurolning, öq-dorilarning, öqotar qurol asosiy qismlarining, portlovçi moddalarning, portlatiş vositalarining yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 248-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Paxtakor va Şarof Raşidov tumanlarida patronlar, öqotar qurol va öq-dorilarni noqonuniy saqlab kelgan şaxslar uşlangani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing