2,4 mlrd sömlik kriptoaylanma: Toşkentda yaşirin kriptomarkaz foş etildi

3-sahifa

−

image

Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida Yevropa davlatlari fuqarolarini aldab, ularning kripto-aktivlarini özlaştiriş bilan şuğullangan 10 kişilik yaşirin onlayn koll-markaz aniqlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, holat “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik oyligi doirasida ötkazilgan tadbir davomida foş etilgan. Poytaxt IIBB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari Yaşnobod tumani Xosiyatli mahallasidagi xonadonlardan birida tezkor-qidiruv tadbirini ötkazgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, guruh a’zolari turli messenjerlar orqali Yevropa davlatlari fuqarolari bilan boğlanib, ularning işonçiga kirgan. Ular soxta hujjatlar tayyorlaş, treyding va kriptoaktivlar böyiça ta’lim berişni taklif qilgan. Şundan söng fuqarolarni aldab, ularning kripto-aktivlarini şaxsiy elektron hamyonlariga ötkazib, özlaştirib kelgan.

Tezkor tadbir davomida xonadondan 8 ta noutbuk, 58 ta telefon va 3 ta kompyuter qurilmasi aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan. Şuningdek, guruh a’zolarining poytaxt hududida vaqtinçalik röyxatdan ötmasdan yaşab kelgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, ular 233 134 USDT, ya’ni qariyb 2 milliard 432 million sömlik kriptoaktivlar aylanmasi bilan qonunga xilof ravişda şuğullangan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Yaşnobod tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatida 165 million 322 ming sömlik kripto-aktivlarni noqonuniy ötkaziş va ayirboşlaş bilan şuğullangan şaxs aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing