Olmaotadagi fojiada halok bölganlarning jasadi Özbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston

−

visibility4697 timer2 daqiqa

image

Qozoğistonning Olmaota şahrida sodir bölgan yonğinda halok bölgan ikki nafar Özbekiston fuqarosining jasadi qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, yonğin joriy yilning 26 noyabr kuni Olmaota şahrining Bostandiq tumanidagi barak tipidagi turar joy binosida sodir bölgan. Hodisa oqibatida Özbekiston fuqarolari T.I. va K.Ye. ham halok bölgan.

Marhumlarning jasadlarini Özbekistonga olib keliş uçun mamlakatimizning Olmaotadagi Boş konsulxonasi Migratsiya agentligi kömagida zarur hujjatlarni rasmiylaştirgan. Şuningdek, Bostandiq tumani hokimligi va Politsiya departamenti bilan hamkorlikda tegişli taşkiliy-huquqiy çoralar körilgan.

Bugun, 29 noyabr kuni marhumlarning jasadlari Olmaota aeroportidan Nukus şahriga jönatilgan.

Bundan taşqari, yonğin vaqtida binodan çiqişga muvaffaq bölgan yana ikki nafar Özbekiston fuqarosiga ham konsullik-huquqiy va amaliy yordam körsatilgan. Ularning pasportlari yonğinda yonib ketgani sababli, Boş konsulxona tomonidan vatanga qaytiş guvohnomalari rasmiylaştirilgan. Migratsiya agentligi kömagida aviaçiptalar xarid qilinib, ular ham Özbekistonga qaytarilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistonda qurilayotgan binoda yuz bergan yonğinda Özbekistonning ikki nafar fuqarosi halok bölgan, yana bir kişi oğir jarohat olib, jonlantiriş bölimiga yotqizilgan edi. Ularning uççalasi ham quriliş ob’ektida işlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing