Chevrolet Özbekiston bozoridagi uluşini yöqotmoqda

O‘zbekiston

−

image

2026 yilning yanvar–oktyabr oylarida Özbekistonda yangi avtomobillar savdosi ötgan yilning şu davriga nisbatan 6,5 foizga kamaydi. Şu bilan birga, bozorda Xitoy brendlarining uluşi ortib, ularning savdosi qariyb yarim barobarga ösdi. Bu haqda Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi xabar qildi.

Assotsiatsiya hisobotida keltirilişiça, yilning dastlabki 10 oyida jami 318 ming 949 dona yangi avtomobil sotilgan. Bu 2025 yilning mos davridagi körsatkiçdan 22 ming 257 donaga kam. Oktyabr oyida esa avtomobil savdosi biroz jonlangan. Xususan, oy davomida 36 ming 176 dona yangi avtomobil sotilgan. Bu ötgan yilning oktyabr oyiga nisbatan 12 foizga kam bölsa-da, sentyabr oyidagi natijadan 6,3 foizga yuqori.

Brendlar böyiça oylik savdo natijalari bir xil bölmagan. Sentyabr oyiga nisbatan Soueast savdosi 75,3 foizga, Geely 29,8 foizga, Chevrolet 13,4 foizga va Chery 9,1 foizga oşgan. Aksinça, Deepal savdosida 62,7 foizlik pasayiş kuzatilgan. Changan 61,3 foiz, Li Xiang 51,4 foiz va Haval 47,1 foiz kamroq avtomobil sotgan.

Avtomobil modellari kesimida esa ösiş va pasayiş mutlaq sonlarda ham sezilarli farq qilgan. Jumladan, Cobalt savdosi 2 ming 175 donaga, Damas 1 ming 843 donaga köpaygan. Xitoy avtomobillari orasida BYD Song Plus DM-i Champion savdosi 496 donaga, BYD Yuan Up DM-i 246 donaga, Soueast S08 DM esa 195 donaga oşgan.

Savdosi eng köp qisqargan modellar röyxatida BYD Chazor Champion birinçi örinda turibdi. Uşbu avtomobil savdosi 820 donaga kamaygan. Keyingi örinlarda Kia Sonet (−506 dona), Tracker (−456 dona), Haval Jolion (−325 dona) va Labo (−268 dona) joylaşgan.

Bozordagi brendlar uluşi böyiça Chevrolet hamon katta farq bilan yetakçilik qilmoqda. 2026 yilning yanvar–oktyabr oylarida kompaniya umumiy bozorning 74 foizini egallagan. Biroq bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 7,8 foiz punktga pasaygan.

ADM Global 12,3 foiz uluş bilan ikkinçi örinni egallagan va bir yilda öz uluşini 1,5 foiz punktga oşirgan. BYD esa 10,7 foiz uluş bilan uçinçi öringa kötarilgan. Kompaniyaning bozordagi uluşi ötgan yilga nisbatan 5,1 foiz punktga ösgan.

Hisobotda avtomobil bozoridagi muhim özgarişlardan biri sifatida Xitoy brendlari mavqeining kuçayişi ham qayd etilgan. Ön oy yakunlariga köra, ularning umumiy bozordagi uluşi 18,4 foizga yetgan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 6,8 foiz punktga köp. Qiziği, umumiy avtomobil bozori qisqargan bir paytda Xitoy avtomobillari savdosi 48,2 foizga ösgan.

Hududlar böyiça eng katta savdo hajmi Toşkent şahri hissasiga töğri kelgan – 92 ming 567 dona. Samarqand viloyatida 25 ming 899 dona, Farğona viloyatida esa 25 ming 132 dona yangi avtomobil sotilgan.

Eng kam savdo Qoraqalpoğiston Respublikasi va Sirdaryo viloyatida qayd etilgan. Uşbu hududlarda mos ravişda 9 ming 384 va 4 ming 952 dona yangi avtomobil xarid qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing