Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Abdurazzoq Öbroyev vafot etdi
O‘zbekiston
−
10:21 770 1 daqiqa
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi a’zosi Abdurazzoq Öbroyev vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi xabar berdi.
Abdurazzoq Öbroyev faoliyati davomida Özbekiston Milliy axborot agentligi, “Muştum” jurnali hamda “Vatanparvar“ gazetasida işlagan.
U 2005 yilda “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Ma’lumot uçun, Öbroyev 1956 yilda Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanida tuğilgan. 1985 yilda Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. U taniqli hajvçi, şoir va yozuvçi, şuningdek, iste’fodagi podpolkovnik bölgan. Öbroyev Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi ham edi.
Ijodkorning “Xöplam-töplam”, “Huring-hiring”, “Tuxumning qudrati”, “Ayolning quloği”, “Ruxsat bering, şe’r öqiyman” hamda “Sen avayla, asra Özbekistonni” kabi kitoblari naşr etilgan.
Live
Barchasi