Birodarlikdan milliard dollarlik manfaatlargaça: 200 dan ortiq tadbirkor Toşkentda jamlandi
Tahlil
−
21:36 215 11 daqiqa
Qölimdagi bu möynali jemper Turkiya moli. Ötgan 2025 yilda turk mollarining işqibozi bölgan özbekistonliklar örtaça 18 mln 600 ming dollarlik şu kabi Turkiyadan keltirilgan kiyim-keçaklarni sotib olgan. Yana Özbekiston aholisining 56 foizi turk seriallarining şinavandasi. “Sevgi iztirobi”, “Muhtaşam yuz yil”, “Kösem”, “Çuqur”, “Içkarida”, “Istanbullik kelin”, “Gullar iztirobi”, “Malikam, endi qara”, “Abdulhamid” va “Hovli” kabi seriallar oxirgi ön yilda muxlislar talabi bilan Özbekistonda qayta-qayta efirga ketgan.
Turkiya va Özbekiston örtasidagi bu kabi madaniy, iqtisodiy aloqalardan tortib siyosiy munosabatlarigaça bir-birini bu qadar e’zozlaş darajasiga ikki mamlakat bir kunda kelib qolgan emas. Turkiya Özbekiston mustaqilligini 1991 yil 16 dekabrda birinçi bölib tan olgan davlat. Biroq tarixiy yaqinlik, umumiy til va madaniyatga qaramay, ikki mamlakat aloqalari mustaqillikdan keyingi davrda murakkab bosqiçlarni ham boşdan keçirgan. Ayniqsa, 2005 yilgi Andijon voqealaridan keyin Toşkent va Anqara örtasidagi siyosiy munosabatlar sovuqlaşib qolgan. 2016 yildan keyin esa ikki mamlakat munosabatlarida yangi sahifa oçildi.
Bugun bu hamkorlik faqat diplomatik uçraşuvlar yoki madaniy aloqalar bilan çeklanmaydi. Özbekiston va Turkiya savdo, investitsiya, quriliş, energetika, töqimaçilik, farmatsevtika, transport, raqamli texnologiyalar va harbiy-texnik sohalarda ham şeriklikni kengaytirmoqda.
19 noyabr kuni Toşkentdagi Xalqaro kongress markazida Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişida iştirok etdi. Unda Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boşçiligidagi delegatsiya ham qatnaşdi. Şu kuni ötkazilgan biznes-forum esa ikki mamlakatdan 200 dan ortiq işbilarmonni birlaştirdi.
Davlat rahbari Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan erişilgan kelişuv asosida taşkil etilgan yangi mexanizm ikki mamlakat iqtisodiy hamkorligiga qöşimça sur’at bağişlaşini ta’kidladi.
Yangi Toşkent, energetika va sanoat: biznes-forumda nimalar muhokama qilindi?
Joriy yilning 19 noyabr kuni Toşkentda bölib ötgan Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişida Şavkat Mirziyoyev Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijalari va kelgusi maqsadlar haqida gapirdi. 2017 yildan buyon mamlakat iqtisodiyoti uç barobar ösgani, 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilingani qayd etildi.
2030 yilga qadar yalpi içki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga yetkaziş, sanoat işlab çiqarişini ikki barobar oşiriş, uşbu tarmoqda 2 millionta yuqori daromadli iş örni yaratiş hamda yuqori texnologik mahsulotlar uluşini uçdan bir qismga yetkaziş maqsad qilingan.
Toğ-kon sanoatida 2030 yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuşni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quvvatlarini esa 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Qayta tiklanuvçi energiya quvvatlarini 25 gigavattga, ularning elektr energiyasi işlab çiqarişdagi uluşini 54 foizga yetkaziş ham közda tutilgan.
Jizzax viloyatida taşkil etilayotgan Atom sanoati maxsus sanoat zonasida 15 ta yönalişda mahsulot işlab çiqariş rejalaştirilgan. Uşbu mahsulotlar Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlarida barpo etiladigan atom elektr stansiyalari ehtiyojlariga ham yönaltiriladi.
Turk kompaniyalariga toğ-kon sanoati, mineral resurslarni çuqur qayta işlaş va “yaşil” energetikada yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş taklif qilindi.
Elektrotexnika sanoatida 2030 yilga qadar eksportni 5 milliard dollarga yetkaziş va 11,6 milliard dollar investitsiya jalb qiliş maqsad qilingan. Turkiya kompaniyalariga misni çuqur qayta işlaş, elektronika, transformatorlar, maişiy texnika va elektr uskunalari işlab çiqariş böyiça özbekistonlik korxonalar bilan qöşma loyihalarni yölga qöyiş taklif etildi.
Qişloq xöjaligida esa organik mineral öğitlar va agrotexnika işlab çiqariş, zamonaviy issiqxonalar barpo etiş, boğdorçilik, suv tejovçi texnologiyalar hamda sovitkiç omborlari yönalişlarida hamkorlikni kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston oziq-ovqat mahsulotlarini çuqur qayta işlaş va yirik çakana savdo tarmoqlari orqali yetiştirişdan iste’molçiga yetkazib berişgaça bölgan yagona qiymat zanjirini şakllantirişdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Prezident turkiyalik investorlarni Yangi Toşkentning qurilişi va mamlakatdagi yirik infratuzilma loyihalarida faol iştirok etişga çaqirdi. Turk kompaniyalariga yangi şaharda tijorat va turar joy majmualari, mehmonxonalar, ta’lim hamda tibbiyot muassasalarini barpo etiş böyiça hamkorlik qiliş taklif etildi.
Şuningdek, pulli avtomobil yöllari, aeroportlar va logistika markazlarini rivojlantiriş transport sohasidagi istiqbolli yönalişlar sifatida körsatildi.
Farmatsevtika sohasida esa turk kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasini taşkil etiş taşabbusi ilgari surildi. Toşkent farmatsevtika parkida investorlarga imtiyozlar, zarur infratuzilma va işlab çiqariş maydonlari taqdim etilmoqda. 2002 yildan buyon Özbekistonda faoliyat yuritayotgan “Nobel Pharmsanoat” kompaniyasi tajribasi sohadagi hamkorlikning amaliy namunasi sifatida körsatildi.
Xususiylaştiriş va davlat-xususiy şeriklik dasturlari ham turk investorlari uçun yangi imkoniyatlar oçmoqda. 2026–2027 yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk ob’ektlari va yer maydonlarini savdoga çiqariş rejalaştirilgan. Turk kompaniyalari bilan Samarqand avtomobil zavodini xususiylaştiriş, Samarqand viloyati elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va Buxoroda yangi xalqaro aeroport quriş kabi yirik taşabbuslar böyiça hamkorlik olib borilmoqda.
Raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar ham iqtisodiy şeriklikning muhim yönalişlari sifatida belgilandi. Özbekistonda IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilingan. Turk kompaniyalari bilan autsorsing, dasturiy ta’minot va sun’iy intellekt sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş taklif etildi.
Maxsus iqtisodiy zonalarda investitsiya hajmi va belgilangan şartlarga qarab, 3 yildan 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilmoqda. Toşkent viloyatida taşkil etilgan 100 gektarlik “Ostim” sanoat zonasi esa turk investorlari uçun yaratilayotgan imkoniyatlardan biri sifatida qayd etildi.
Javdat Yilmaz: “Bu raqamlar öz-özidan paydo bölgani yöq”
Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz Özbekistonning iqtisodiy ösişi va xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan islohotlar bilan boğladi.
Uning aytişiça, 2025 yilda mamlakat iqtisodiyoti 7 foizdan ziyod ösgan, joriy yilda esa bu körsatkiç 8 foizdan oşişi kutilmoqda. Yil yakuniga qadar iqtisodiyot hajmi 200 milliard dollarga yetişi, kelgusida esa 300 milliard dollarlik marrani zabt etiş rejalaştirilgan.
“Bu raqamlar öz-özidan paydo bölgani yöq. Bularning barçasi Prezident Şavkat Mirziyoyev amalga oşirgan islohotlar va yaratgan muhit natijasidir”, dedi Yilmaz.
Şuningdek, Turkiya vitse-prezidenti Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazini “buyuk asar” deb atab, uşbu majmua uçun butun turkiy va islom dunyosi nomidan Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Uning ta’kidlaşiça, markaz nafaqat ötmişni anglaş, balki kelajak haqidagi tasavvurlarni şakllantirişda ham muhim ahamiyatga ega.
Öz navbatida, Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston va Turkiyaning tarixi ham, kelajagi ham bir ekanini ta’kidladi. Uning qayd etişiça, sönggi 10 yil içida ikki davlat örtasida mustahkam hamkorlik köprigi barpo etilgan. Bugungi uçraşuvdan maqsad esa uşbu aloqalarni yanada mustahkamlaşdir.
Özbekiston – Turkiya munosabatlari qanday boşlangan?
Özbekiston va Turkiya diplomatik munosabatlari 1992 yil 4 martda örnatilgan. Turkiya Özbekiston mustaqilligini tan olgan birinçi davlat bölişi ikki mamlakat örtasidagi tarixiy yaqinlikning muhim ramziga aylangan.
2016 yilning 18 noyabrida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Samarqandda öşa vaqtda Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçisi bölib turgan Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşgan. 2017 yilning 25–26 oktyabr kunlari Mirziyoyev Turkiyaga davlat taşrifi bilan borgan. Bu Özbekiston Prezidentining Turkiyaga 21 yil içidagi ilk taşrifi bölgan. Taşrif davomida ikki tomonlama munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga kötariş böyiça qöşma deklaratsiya imzolangan.
2018 yil 29 aprel – 1 may kunlari Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğanning Özbekistonga davlat taşrifi esa munosabatlarni yanada yuqori bosqiçga olib çiqdi. Aynan şu taşrif davomida Özbekiston – Turkiya Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengaşini taşkil etiş töğrisida qaror qabul qilindi. Bu mexanizm ikki davlat rahbarlariga nafaqat siyosiy masalalarni, balki savdo, investitsiya, sanoat, transport va boşqa sohalardagi aniq loyihalarni ham bevosita muhokama qiliş imkonini berdi.
Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes-forumi ötkazilayotgan öşa davrada öşa davrdagi özgarişlarni ta’riflar ekan, ikki mamlakat örtasidagi “muzlar eriganini” ta’kidlagan edi.
“Ma’lum muddat oraga sovuqçilik tuşib qolgandi, oqibatda munosabatlarimiz göyo “muzlab qolgan” edi. Ammo bu muzlar eridi va endi ular boşqa heç qaçon muzlamaydi”, degan Mirziyoyev.
2022 yilning 29 martida munosabatlar yana bir poğona yuqoriladi. Özbekiston va Turkiya örtasida keng qamrovli strategik şeriklik örnatildi. Bu kelişuv Şavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdöğan iştirokidagi muzokaralar, ya’ni Özbekiston – Turkiya Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengaşining ikkinçi yiğilişi yakunida e’lon qilingan. Mazkur kelişuv endi faqat turklar va özbeklar orasidagi tarixiy, madaniy yoki diplomatik yaqinlik emas, balki iqtisodiy va xavfsizlik manfaatlari ham uyğunlaşayotganini anglatardi.
Şundan söng 2023 yilning 8 noyabr kuni Erdöğan Toşkentdagi Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining 16-sammitida iştirok etiş uçun Özbekistonga kelgan va Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşgan. Öşanda Turkiyadan Özbekistonga 500 million dollardan ortiq töğridan töğri investitsiya jalb qilingani va 200 dan ortiq yangi korxona taşkil etilgani qayd etilgan.
2024 yil 6 iyun kuni esa Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy taşrifi davomida hamkorlikning yangi yönalişlari böyiça kelişuvlarga erişilgan. Bu taşrif ança muhim va aniq natijalar bilan yakunlangan. Anqara şahrida Özbekiston – Turkiya Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengaşining uçinçi yiğilişi bölib ötgan. Taşrif davomida ikki davlat örtasida keng qamrovli strategik şeriklikni çuqurlaştiriş töğrisidagi qöşma deklaratsiya va 19 ta hujjat imzolangan.
2026 yilning 29 yanvarida Anqarada oliy darajadagi strategik hamkorlik kengaşining törtinçi yiğilişi ötkazildi. Ya’ni, ikki davlat örtasidagi muloqot alohida taşriflar bilan çeklanmay, muntazam işlaydigan institutsional mexanizmga aylandi.
Ikki prezident örtasidagi şaxsiy muloqot va siyosiy işonç ham bu jarayonning muhim omili bölib kelmoqda. Mirziyoyev va Erdöğanning muntazam uçraşuvlari, telefon muloqotlari va xalqaro sammitlar doirasidagi maslahatlaşuvlari hukumatlar va işbilarmonlar örtasidagi hamkorlikka siyosiy tayanç yaratmoqda. Birinçi xonimlarning rasmiy taşriflar va madaniy-gumanitar tadbirlardagi iştiroki ham davlatlararo aloqalarning yumşoq diplomatiya yönalişini töldiradi.
Germaniyaning Xalqaro va xavfsizlik masalalari instituti (GXXI) tahlilçisi Darya Isaçenko Turkiyaning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatini örganar ekan, Anqara 1990 yillardagi katta integratsion rejalardan ança pragmatik hamkorlik modeliga ötganini ta’kidlaydi. Ya’ni bugun Turkiya mintaqaga faqat umumiy til va tarix orqali emas, balki iqtisodiy manfaat, investitsiya, transport va xavfsizlik sohalaridagi aniq takliflar bilan kirib bormoqda.
Germaniyaning Xalqaro va xavfsizlik masalalari instituti tahlilidagi yana bir muhim xulosa şuki, Markaziy Osiyo davlatlari Turkiya bilan aloqalarni Rossiya yoki Xitoy bilan hamkorlikning örnini bosuvçi vosita sifatida emas, balki taşqi siyosat va iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qiliş imkoniyati sifatida köradi. Bu Özbekistonning köp vektorli taşqi siyosatiga ham mos keladi.
Endi ularni faqat tarix emas, manfaatlar ham boğlaydi
Özbekiston va Turkiya munosabatlari sönggi ön yillikda sezilarli özgarişlarni boşdan keçirdi. Bir paytlar siyosiy kelişmovçiliklar sababli sovuqlaşgan aloqalar bugun strategik şeriklik, muntazam oliy darajadagi muloqot va kengayib borayotgan iqtisodiy loyihalar bilan tavsiflanmoqda.
Biroq hamkorlikning keyingi bosqiçida faqat savdo hajmini oşirişning özi yetarli bölmaydi. Özbekiston uçun asosiy vazifa Turkiyadan importni köpaytiriş bilangina çeklanmasdan, öz eksportini diversifikatsiya qiliş, mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş, texnologiyalarni özlaştiriş va qöşma korxonalar orqali xalqaro bozorlarga çiqişdan iborat.
Turkiya uçun esa Özbekiston Markaziy Osiyodagi yirik bozor, işlab çiqariş maydoni va mintaqaviy logistika markazlaridan biri sifatida ahamiyat kasb etadi.
Şu ma’noda, 19 noyabrdagi biznes-forum va yangi yuqori darajadagi kengaşning taşkil etilişi şunçaki navbatdagi diplomatik tadbir emas. Bu ikki davlat örtasidagi siyosiy yaqinlikni aniq iqtisodiy loyihalar, investitsiyalar va işlab çiqariş kooperatsiyasiga aylantirişga qaratilgan navbatdagi qadamdir.
Live
Barchasi