Oliygohlar milliy reytingini yuritiş tartibi özgartirildi
O‘zbekiston
−
17:21 184 2 daqiqa
Özbekistonda oliy ta’lim taşkilotlarining milliy reytingini şakllantiriş va ularni natijalarga köra rağbatlantiriş tartibiga özgartirişlar kiritildi. Bu Prezidentning “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oşirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Ma’lumotlarga köra, Adliya vazirligi Oliy ta’lim taşkilotlarining milliy reytingini yuritiş töğrisidagi nizomga qöşimça va özgartirişlar kiritişga oid hujjatni bugun, 21 noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazgan. Yangi tartibga muvofiq, davlat oliy ta’lim taşkilotlari milliy reyting natijalari asosida rağbatlantiriladi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tegişli mablağlarni reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 iş kuni içida oliy ta’lim muassasalariga ötkazadi
Şuningdek, oliy ta’lim taşkilotlari hisobot yili böyiça ma’lumotlarni maxsus platformaga kiritiş muddati 1 fevraldan 1 iyunga qadar uzaytirildi.
“Bitiruvçi sifati indeksi” ni hisoblaş metodikasi böyiça alohida hujjat davlat röyxatidan ötkazilgani sababli milliy reytingni şakllantirişda bitiruvçilar bandligiga oid ayrim körsatkiçlar uşbu indeks natijalari bilan almaştiriladi.
Bundan taşqari, oliy ta’lim taşkilotlarining xalqaro miqyosdagi obrösini baholaş uçun xorijiy hamkor oliy ta’lim va ilmiy taşkilotlardan jami 200 nafargaça xodim jalb etilişi mumkinligi belgilandi.
Live
Barchasi