Kaliforniyada vertolyot quladi. 2 kişi halok böldi (video)

Olam

−

visibility938 timer2 daqiqa

image

AQŞning Kaliforniya ştatidagi Temekula şahri yaqinida vertolyotning halokatga uçraşi oqibatida ikki kişi hayotdan köz yumdi. Hodisa yuzasidan Federal aviatsiya ma’muriyati va Riversayd okrugi şerif idorasi tekşiruv olib bormoqda. Bu haqda “Los Angeles Times” naşri xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Robinson R22 rusumli vertolyot DePortola va Ouk-Mauntin yöllari kesişmasi yaqinidagi tepalikka borib urilgan. Halokat joyiga yetib kelgan şerif idorasi xodimlari vertolyotda bölgan ikki kişi voqea joyida vafot etganini tasdiqlagan.

Ma’lumotlarga köra, hodisa 23 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 9:30 da sodir bölgan. Vertolyotning ikki yölovçisi halokat joyida vafot etgan. Hozirça ularning şaxsiga oid ma’lumotlar oşkor etilmagan.

Vertolyot Riversayd okrugining janubi-ğarbida joylaşgan Frenç-Valli aeroportidan parvoz qilgan. Okrug aeroportlari boşqarmasi rahbari Anjela Jeymison ham havo kemasi aynan şu aeroportdan uçganini tasdiqlagan, biroq hodisa haqida qöşimça ma’lumotga ega emasligini bildirgan.

Halokat sabablarini aniqlaş böyiça tekşiruvni AQŞ Milliy transport xavfsizligi kengaşi boşqarmoqda. Federal aviatsiya ma’muriyati ham tergovda iştirok etmoqda. Hozirça vertolyotning nima sababdan tepalikka urilib ketgani ma’lum qilinmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Oregon ştatida ikki vertolyot havoda töqnaşib ketişi oqibatida 3 kişi halok bölgan edi. Hodisa 29 oktyabr kuni Makminvill munitsipal aeroporti yaqinida sodir bölgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing