AQŞda ikki vertolyot töqnaşib, uç kişi halok böldi

Olam

−

image

AQŞning Oregon ştatida ikki vertolyot havoda töqnaşib ketişi oqibatida 3 kişi halok böldi. Hodisa keça, 29 oktyabr kuni Makminvill munitsipal aeroporti yaqinida sodir bölgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Robinson R22 va Airbus rusumli vertolyotlar töqnaşganidan söng avtomobil yöli yaqinidagi dalaga qulab tuşgan.

Halok bölganlar orasida Texas ştatidan bölgan 22 yoşli uçuvçi-instruktor Meddi Aasbo va uning Buyuk Britaniyadan kelgan şogirdi bor. Ikkinçi vertolyotda bölgan 38 yoşli Oregon ştatining Nyuberg şahri fuqarosi Tayler Deleyn Sturdevant ham halok bölgan. Britanlik şogirdning şaxsi hozirça oşkor etilmagan.

Vertolyotlardan biri Makminvill munitsipal aeroportida joylaşgan “Jerry Trimble Helicopters” uçuvçilarni tayyorlaş maktabiga tegişli bölgan. Kompaniya hodisa yuzasidan tergov olib borayotgan mutasaddilar bilan hamkorlik qilayotganini bildirgan.

Hozirça töqnaşuv sabablari ma’lum qilinmagan. AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasi va Milliy transport xavfsizligi kengaşi hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq bortida beş kişi bölgan tibbiy aviatsiya xizmati vertolyoti AQŞda suvga qulagan edi. Oqibatda ikki kişi halok bölib, yana bir kişi bedarak yöqolgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing